Goal24.uz » Европа жамоалари » Fransiya » Liga 1. «PSJ» o‘z uyida «Monpele»ni tor-mor etdi

Liga 1. «PSJ» o‘z uyida «Monpele»ni tor-mor etdi

Автор: admin

Fransiya chempionatining 22-turida «PSJ» o‘z maydonida «Monpele»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, mehmonlar safida 2 futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatildi.
G‘alabadan so‘ng «PSJ» ochkolarini 55taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Monpele» esa 33 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.
Liga 1, 22-tur
PSJ – Monpele 5:0
1 fevral, «Park de Prens»
Gollar: Sarabiya (8), Di Mariya (41), Kongre (44, avtogol), Mbappe (57), Kurzava (65).
PSJ: Navas, Kurzava, Kuassi, Mene, Kimpembe, Di Mariya, Sarabiya (Kavani, 69), Verratti (Paredes, 74), Guye, Neymar, Mbappe (Ikardi, 68). 
Monpele: Berto, Oyongo, Kongre, Ilton, Suke, Savane, Le Tallek, Ferri (Sambiya, 76), Molle (Shotar, 64), Labord (Karvalyu, 19), Delor.
Ogohlantirishlar: Kimpembe (33), Neymar (38), Molle (39), Shotar (81), Paredes (84), Suke (86).
Chetlatishlar: Berto (17), Shotar (88).


161   
Добавить комментарий
Ваше имя: *