Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Gvardiola – Mourinyo: o‘zaro kurashlar tarixi

Gvardiola – Mourinyo: o‘zaro kurashlar tarixi

Автор: admin

Angliya Premyer-ligasining 25-turida "Tottenxem" o‘z stadionida "Manchester Siti" ni qabul qiladi. Bu Xosep Gvardiola va Joze Mourinyo o‘rtasidagi 23-uchrashuv bo‘ladi. Ispaniyalik mutaxassis 10 marta g‘alabani nishonlagan, 7 marta durang qayd etilgan va portugaliyalik murabbiy 5 marta kuchliroq chiqqan.
Bu murabbiylarning birinchi uchrashuvi 2009 yilning 16 sentyabrida bo‘lib o‘tdi.
O‘z maydonida "Inter" "Barselona"ni qabul qildi. Uchrashuv durang bilan yakunlandi. Ushbu uchrashuv Chempionlar Ligasining guruh bosqichida bo‘lib o‘tdi.
 
2009 yil 16 sentyabr
"Inter" - "Barselona": 0:0
"Inter": Xulio Sezar – Maykon, Lusio, Samuel, Kivu – Muntari (Stankovich, 62), Motta, Zanetti – Snayder (Santon, 80) – Milito (Balotelli, 85), EtoO.
"Barselona": Valdes – Dani Alves, Puyol, Pike, Abidal – Ture, Xavi, Keyta – Messi, Anri (Inyesta 76), Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Kivu – Anri, Ture
 
Keyinroq Joze Mourinyo «Real»ni boshqardi. Xose va Pep o‘rtasidagi birinchi "el-klasiko" 2010 yil 29 noyabrida bo‘lib o‘tgan. Shu kuni portugaliyalik ispaniyalik hamkasbidan yaxshi zarba qabul qilib oldi. "Real" "Kamp Nou" da 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘sha o‘yinda "qaymoqranglilar" darvozasiga Xavi, Pedro, Jeffren va Villa (ikki marta) gol kiritishgan.
Uchrashuvdan so‘ng Mourino: «Men xijolat tortmayapman», dedi, ammo…
2010 yil 29 noyabr
"Barselona" – "Real Madrid": 5:0
Gollar: Xavi, 10, Pedro, 18, Villa, 55, 58, Jeffren, 90 + 1
"Barselona": Valdes – Dani Alvesh, Pike, Puyol, Abidal – Buskets, Xavi (Keyta, 87), Inyesta – Pedro (Jeffren, 87), Messi, Villa (Krkich 76).
"Real": Kasilyas – Ramos, Pepe, Karvalyu, Marselo (Arbeloa, 59) – Xedira, Xabi Alonso, Di Mariya – O‘zil (L. Diarra, 46) – Ronaldu, Benzema.
Ogohlantirishlar: Valdes, Villa, Messi, Puyol – Ronaldu, Pepe, Xabi Alonso, Kasilyas, Karvalyu, Ramos, Xedira
Chetlatish: Syerxio Ramos, 90 + 3
 
«Chelsi» Mourinyoning navbatdagi klubiga aylandi va Xosep Gvardiola «Bavariya»ga murabbiylik qilish uchun Germaniyaga yo‘l oldi. Ushbu jamoalarning bosh murabbiylari sifatida birinchi uchrashuvi 2013 yil 30 avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Bu UYEFA Superkubogi o‘yini edi.
O‘sha o‘yindagi birinchi golni "Chelsi" futbolchilari kiritishdi – Torres uchrashuvning 8-daqiqasida gol urdi. Frank Riberi 47-daqiqada muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. 93-daqiqada Eden Azar yana "Chelsi"ni oldinga olib chiqdi, ammo ispaniyalik Xavi Martines 120+1-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Penaltilar seriyasida Myunxen jamoasi muvaffaqiyat qozondi. "Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku muhim penaltini golga aylantira olmadi.
«Bavariya» – «Chelsi»  2:2 (5: 4, penalti)
Gollar: Riberi, 47, Xavi Martines 120+1 – Torres, 8, Azar, 94.
«Bavariya»: Noyer – Rafinya (Xavi Martinez, 57), Boateng, Dante, Alaba – Lam – Robben (Shakiri, 96), Myuller (Gyote, 71), Kross, Riberi – Manjukich.
«Chelsi»: Chex – Ivanovich, Kexill, Luis, Koul – Ramirez – Shyurrle (Obi Mikel, 87), Oskar, Lempard, Azar (Terri, 114) – Torres (Lukaku, 97)
Ogohlantirish: Riberi, Boateng – Kexill, Ramirez, Devid Lui, Torres, Lukaku, Eshli Koul
Chetlatish: Ramirez, 85
 
«Eski raqiblar»ning yangi jamoalardagi o‘zaro to‘qnashuvi 2016 yil 10 sentyabrda bo‘lib o‘tdi. Angliya chempionatining 4-turida "Manchester Siti" murabbiyi Gvardiola safarda "MYU" ustozi Mourinyoni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu uchrashuvdagi barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi. Kevin De Bryuyne va Kelyechi Ixeanacholar «shaharliklar»ning gollariga mualliflik qilgan bo‘lishsa, "qizil iblislar" safida Zlatan Ibragimovich gol urdi. O‘shanda Mourino ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatni boshdan kechirgan.
"Yunayted" – "Man Siti" 1:2
Gollar: Ibragimovich, 42 – De Bryuyne, 15, Ixeanacho, 36
"Manchester Yunayted": De Xea – Valensiya, Bayli, Blind, Shou (Martial, 81) - Fellayni, Pogba - Mxitaryan (Errera, 46), Runi, Lingard (Reshford, 46) – Ibragimovich.
"Man Siti": Bravo - Sanya, Otamendi, Stounz, Kolarov - Fernandinyo – Sterling (Sane, 60), de Bryuyne (Sabaleta, 90), Silva, Nolito – Ixeanacho (Fernando, 53)
Ogohlantirishlar: Bayli, Ibragimovich, Fellayni, Runi – Silva, Fernandinyo
Manba: isport.ua
220   
Добавить комментарий
Ваше имя: *