Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Ispaniya kubogi. «Real»ning «Real Sosyedad»ga qarshi kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

Ispaniya kubogi. «Real»ning «Real Sosyedad»ga qarshi kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

Автор: admin

Ispaniya kubogining chorak final bosqichini «Real» o‘z uyida «Real Sosyedad» klubiga qarshi o‘tkazadi. Madridliklar bosh murabbiyi mazkur o‘yin uchun qaydnomaga 19 nafar futbolchini kiritdi.

Nacho Fernandes, Braim Dias va Rodrigo Goes tarkibga qaytishgan bo‘lsa, Dani Karvaxal, Kazemiro, Lukas Vaskes, Eden Azar, Garet Beyl, Mariano Dias va Marko Asensio ertangi o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.

«Real Madrid»ning «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diyego Altube.

Himoyachilar: Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Marselo, Ferlan Mendi.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Federiko Valverde, Xames Rodriges, Isko.

Hujumchilar: Karim Benzema, Luka Yovich, Braim Dias, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.

180   
Добавить комментарий
Ваше имя: *