Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Simeone: «Hali tirik ekanligimizni ko‘rsatishimiz kerak»

Simeone: «Hali tirik ekanligimizni ko‘rsatishimiz kerak»

Автор: admin

«Atletiko» bosh murabbiyi «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone La Liganing 23-turidan o‘rin olgan «Granada»ga qarshi o‘yindan avval o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz uchun barcha o‘yinlar – final. Biz kuchli jamoalar bilan kurashmoqchimiz. Oldinga yugurmaymiz, o‘yindan o‘yinga o‘tamiz. Vaziyatni hisobga oladigan bo‘lsak, «Granada» bilan bahsda stadion to‘ladi deb umid qilaman. Bu – eng muhimi. 

«Real» va «Barselona»ning Ispaniya Kubogidan chiqib ketishi? Barcha jamoalarni hurmat qilaman, lekin biz bilan bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlarga izoh bermayman. Men shunchaki «Atletiko»ni qanday qilib yaxshiroq holatga keltirish va vaziyatni to‘g‘rilash haqida o‘ylayman. Biz hali tirik ekanligimizni ko‘rsatishimiz kerak», – deb Simeonening so‘zlarini keltiradi Goal.

Ma’lumot uchun, «Atletiko» – «Granada» o‘yini bugun, 8 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

La Liganing 23-turidan o‘rin olgan «Granada»ga qarshi o‘yindan avval o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz uchun barcha o‘yinlar – final. Biz kuchli jamoalar bilan kurashmoqchimiz. Oldinga yugurmaymiz, o‘yindan o‘yinga o‘tamiz. Vaziyatni hisobga oladigan bo‘lsak, «Granada» bilan bahsda stadion to‘ladi deb umid qilaman. Bu – eng muhimi. 
«Real» va «Barselona»ning Ispaniya Kubogidan chiqib ketishi? Barcha jamoalarni hurmat qilaman, lekin biz bilan bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlarga izoh bermayman. Men shunchaki «Atletiko»ni qanday qilib yaxshiroq holatga keltirish va vaziyatni to‘g‘rilash haqida o‘ylayman. Biz hali tirik ekanligimizni ko‘rsatishimiz kerak», – deb Simeonening so‘zlarini keltiradi Goal.
Ma’lumot uchun, «Atletiko» – «Granada» o‘yini bugun, 8 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.


133   
Добавить комментарий
Ваше имя: *