Foydali qariyalar

Автор: admin

Yaqindagina 35 yoshni qarshi olgan Krishtiyanu Ronaldu “Yuventus” jamoasi uchun almashtirib bo‘lmas futbolchilardan biri sanaladi. Ko‘plab afsonalar butsalarini mixga ilgan yoshda ham maydonda o‘zini ko‘rsatishdan charchamayotgan Krishga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Xo‘sh, ko‘hna qit’ada Ronaldu singari katta yoshda bo‘lishiga qaramay saviyali harakat qilayotgan yana kimlarni bilamiz?

Yaqindagina 35 yoshni qarshi olgan Krishtiyanu Ronaldu “Yuventus” jamoasi uchun almashtirib bo‘lmas futbolchilardan biri sanaladi. Ko‘plab afsonalar butsalarini mixga ilgan yoshda ham maydonda o‘zini ko‘rsatishdan charchamayotgan Krishga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Xo‘sh, ko‘hna qit’ada Ronaldu singari katta yoshda bo‘lishiga qaramay saviyali harakat qilayotgan yana kimlarni bilamiz?
Samir Handanovich
 
Barcha bu nuqtada Buffoni ko‘rishni istagan bo‘lsa, ajab emas. To‘g‘ri, italiyalik darvozabon katta futbolni tark etgani yo‘q, biroq uni “Yuventus”ning asosiy darvozaboni deyish noto‘g‘ri. Jijidan farqli o‘laro, yozda 36 yoshni qarshilaydigan Samir Handanovich mukammal o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda. Ayniqsa, Kontening kelishi darvozabondagi ikkinchi nafas yo‘li ochilishiga turtki bo‘ldi. Uning maydondagi dadil harakatlarini kuzatar ekansiz, “Inter” jamoasiga havas qilmaslikning iloji yo‘q.
Santi Kasorla

Bu futbolchi har qanday maqtovlarga loyiq desak, adashmagan bo‘lamiz. Katta futboldan og‘ir jarohat sababli 2 yilga chetda qolib ketishiga qaramay, qahramonimiz futbolga qaytishni uddaladi. 35 yoshli «Vilyarreal» futbolchisi oyoq terisining zararlanishi havfi bo‘lishiga qaramay, yashil maydonga qaytish uchun tavakkal qildi va yakunda jarohatni mag‘lub etdi. Ayni damda uning hisobida 8 ta gol va 5 ta assist mavjud. Bu butun “La Liga”dagi eng yaxshi 6-ko‘rsatgich degani!
 
Zlatan Ibrahimovich

Bundesligadan tashqari barcha kuchli chempionatlarda to‘p surgan Ibrahimovich uchun hech qanday chegaralarning o‘zi yo‘q. U futbol olamining erkatoy farzandlaridan biri. 38 yoshga to‘lgan bo‘lsada, butun boshli “Milan”ni qutqarish uchun okean ortida yetib keldi. Ayni damda uning hisobida 2 ta gol mavjud ekanligini inobatga olsak, barchasi ko‘ngildagidek ketmoqda.
 
Andreas Inyesta

Ispaniya futboli afsonasi ayni damda 35 yoshda bo‘lishiga qaramay, “Barselona” uchun katta naf keltirishi mumkin edi. Bejizga kataloniyaliklarning yangi ustozi uni ortga qaytarishga urunib ko‘rmadi. Yaponiya klubiga sodiqlik namoyish etgancha shartnomasini to‘liq o‘tab berishni avzal ko‘rgan Inyesa uchun Yevropa klublarining eshiklari doimmo ochiq.
Tiago Silva
PSJ jamoasining ramziga aylanib borayotgan Silva 35 yoshga kirib qolganini payqamay ham qolganimiz rost. U shu qadar bir meyorda o‘yin namoyish etib kelyaptiki, vaqt o‘tganini sezmay ham qoldik. Parijliklar sardori bugungi kunda dunyo futbolidagi eng tajribali va iqtidorli himoyachilardan biri bo‘lib turibdi. U borgan sari Karles Puyol singari muxlislar hurmati va e’tiborini qozonishda davom etmoqda.
Xoakin Sanches

Ispaniyalik futbolchi Italiyadagi omadli mavsumlardan so‘ng, butsalarini mixga ilishi tahmin qilingan edi, biroq u to‘xtashni istamadi. Ayni damda “Betis”da “javlon urayotga” 38 yoshli yarim himoyachi hali ham futbolga bo‘lgan qiziqishi so‘nmaganligini aytishdan charchamayapti. Eng qizig‘i shundaki, futbolchi tez orada “Betis” bilan 2021 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishga yaqin turibdi. Agar bu ish amalga oshsa, Xoakin ham 40 yoshgacha yuqori saviyada o‘ynagan futbolchilar sirasiga kirishi mumkin
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *