Goal24.uz » Ўзбекистон » Elbek Shukurov jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Elbek Shukurov jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Автор: admin

Elbek Shukurov 2018 yildan hozirga qadar Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Elbek Shukurov jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Elbek Habibullayevich Shukurov 1988 yil 18 martda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-2009 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2009 yil “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Xalqaro munosabatlar, sport va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘limi bosh mutaxassisi sifatida boshlagan. So‘ngra “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi o‘rinbosari, keyinchalik raisi, 2015-2018 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a’zosi bo‘lgan.
2018 yildan hozirga qadar Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Elbek Shukurov 2017 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.
Avvalroq O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston sport vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangani xabar qilingandi
202   
Добавить комментарий
Ваше имя: *