Goal24.uz » Европа жамоалари » Rossiya » Dzyuba - Rossiyaning eng yaxshi futbolchisi, Shomurodov – to‘rtinchi

Dzyuba - Rossiyaning eng yaxshi futbolchisi, Shomurodov – to‘rtinchi

Автор: admin

«Zenit» klubi va Rossiya milliy jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba Rossiya Futbol Ittifoqi (RFI) va «Sport-Ekspress» nashri talqiniga ko‘ra, Rossiyaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Rossiyaning «Oltin to‘p» sovrini uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada milliy jamoa bosh murabbiyi, RPL klublari bosh murabbiylari, klublar menejyerlari, «Sport-Ekspress» jurnalistlari, shuningdek muxlislar ham ishtirok etishdi.     
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Artyom Dzyuba 222 ochko bilan birinchi, «Monako» yarimhimoyachisi Aleksandr Golovin 156 ochko bilan ikkinchi, «Lokomotiv» yarimhimoyachisi Gjyegoj Krixovyak 129 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
«Rostov» klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov 82 ochko bilan to‘rtinchi bo‘ldi.
Qayd qilish joizki, Rossiyaning «Oltin to‘p» sovrini RFI va «Sport-Ekspress» nashri tomonidan 4 yil oldin ta'sis etilgan bo‘lib, 2016 yilda uni «Krasnodar» hujumchisi Fyodor Smolov, 2017 yilda «Spartak» hujumchisi Kvinsi Promes va 2018 yilda «Zenit» hujumchisi Artyom Dzyuba qo‘lga kiritgan edi.
Top-10 Rossiyaning 2019 yilgi eng yaxshi futbolchilari:
222 – Artyom Dzyuba («Zenit»)
156 – Aleksandr Golovin («Monako»)
129 – Gjyegoj Krixovyak («Lokomotiv», Polsha)
82 – Eldor Shomurodov («Rostov», O‘zbekiston)
60 – Georgiy Jikiya («Spartak»)
39 – Igor Akinfeyev (TsSKA)
23 – Sardor Ozmun («Zenit», Eron) 
23 – Vilmar Barrios («Zenit», Kolumbiya) 
23 – Aleksey Miranchuk («Lokomotiv») 
22 – Mariu Fernandes (TsSKA)
281   
Добавить комментарий
Ваше имя: *