Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » Bundesliga. «Bavariya» yirik hisobdagi g‘alaba bilan yana peshqadamga aylandi

Bundesliga. «Bavariya» yirik hisobdagi g‘alaba bilan yana peshqadamga aylandi

Автор: admin

 Bundesliga 22-turi doirasida «Bavariya» safarda «Kyoln» ustidan yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi.
 Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Levandovski hisobni ochgan bo‘lsa, 5-daqiqada Koman farqni ikkitaga yetkazdi. 12-daqiqada esa Gnabri yirik natijani qayd etdi – 0:3.
 Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida Gnabri dubl qayd etgan bo‘lsa, 70-daqiqaga kelib Ut hisobdagi farqni biroz qisqartirdi – 1:4.
 Ushbu g‘alabadan keyin «Bavariya» turnir jadvalida ochkolar sonini 46taga yetkazib, «Leypsig»ni bir ochkoga ortda qoldirgan holda yana peshqadamga aylanib oldi.
 Bundesliga. 22-tur
 Kyoln – Bavariya 1:4

 Gollar: 0:1 – 3 Levandovski, 0:2 – 5 Koman, 0:3 – 12 Gnabri, 0:4 – 66 Gnabri, 1:4 – 70 Ut.
 Kyoln – Xorn, Yakobs (Shmits, 72), Katterbax (Kayns, 29), Bornauv, Xektor, Dreksler, Sxiri, Chixos, Exizibue, Kordoba (Modest, 81), Ut.
 Bavariya – Noyer, Alaba, Boateng (Lyuka Ernandes, 46), Pavar, Kimmih (Tolisso, 59), Gnabri, Devis, Alkantara, Koman (Goretska, 79), Levandovski, Myuller.
 Ogohlantirishlar: Boateng (28), Alkantara (49), Bornauv (79), Pavar (82). 


138   
Добавить комментарий
Ваше имя: *