Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » La Liga. «Atletiko» autsayder bilan bahsda ochko yo‘qotdi

La Liga. «Atletiko» autsayder bilan bahsda ochko yo‘qotdi

Автор: admin

Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Atletiko» klubi Kataloniyada «Espanol» mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobidagi natijani qayd etdi.
Maydon egalari bellashuvning birinchi yarmida Savichning avtogoli evaziga oldinga chiqib olishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda «matraschilar» hujumchisi Saul Niges hisobni tenglashtirdi.
Ushbu natijadan keyin «Atletiko» 4-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, «Espanol» 20-pog‘onada qoldi.
La Liga. 26-tur. 1 mart
«Espanol» – «Atletiko» - 1:1 (1:0)

Gollar: Savich, 24 (avtogol) - 1:0, Saul, 46 - 1:1
Espanol – Diyego Lopes, Espinosa, Xavi Lopes, Kabrera, Didak Vila, Iturraspe (Melendo, 71), Sanches, U Ley (Kaleri, 71), Darder, Embarba, de Tomas.
Atletiko – Oblak, Felipe, Savich, Tripper, Lodi, Tomas, Saul, Ferreyra Karrasko (Joau Feliks, 56), Koke, Korrea (Vitolo, 69), Morata (Diyego Kosta, 63).


126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *