Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Manba: Koronavirus tufayli «Napoli» - «Inter» o‘yini ko‘chirildi

Manba: Koronavirus tufayli «Napoli» - «Inter» o‘yini ko‘chirildi

Автор: admin

Italiya kubogi yarim finali javob uchrashuvi doirasidagi «Napoli» - «Inter» o‘yini qoldirildi, deya xabar bermoqda Italiya nashrlari.
Bir qator manbalar, jumladan La Gazzetta dello Sport va La Repubblica nashrlarining xabar berishicha, o‘yin Italiyada koronavirus tarqalishi bo‘yicha hozirgi og‘ir vaziyat tufayli boshqa kunga ko‘chirilgan. Bu borada qaror qabul qilingan va tez orada rasman e’lon qilinadi. 
Oldinroq, Italiya hukumati barcha ommaviy sport tadbirlarini bir oy muddatgacha bekor qilish masalasini ko‘rib chiqayotganligi ma’lum qilingandi. Neapoldagi o‘yingacha yana bir yarimfinal bahsi – bugun, 4 mart kuni o‘tishi kerak bo‘lgan «Yuventus» - «Milan» uchrashuvi ham bekor qilingandi.
Ma’lumot uchun, «Napoli» - «Inter» yarim final javob uchrashuvi 5 mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.


140   
Добавить комментарий
Ваше имя: *