Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » Germaniya Kubogi. Yarimfinalga yo‘l olgan so‘nggi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Germaniya Kubogi. Yarimfinalga yo‘l olgan so‘nggi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Germaniya Kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan oxirgi o‘yin yakunlandi. «Ayntraxt» Andre Silva va Kamadaning gollari hisobiga «Verder»ni mag‘lub etdi va yarimfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi.
Bungacha «Saarbryuken», «Bavariya» «Bayer» klublari ham yarimfinal masalasini ijobiy hal qilishgandi.
Germaniya Kubogi, 1/4 final
Ayntraxt – Verder 2:0
Gollar: Andre Silva (45+6, penalti), Kamada (60).
Ayntraxt: Trapp, Abraam, Ture, Hinteregger, Chendler (Da Koshta, 77), Kamada (Kor, 82), Kostich, Ilzanker, Sou, Ndika, Andre Silva (Pasiyensia, 90).
Verder: Pavlenka, Gebre Selassiye, Toprak, Moysander, Augustinsson (Voltmeyd, 90+1), Bitenkur (Osako, 66), Klassen, Rashitsa, Eggeshtayn, Fogt (Sarjent, 82), Zelke.
Ogohlantirishlar: Abraam (34), Bitenkur (45), Hinteregger (80), Zelke (80).
Chetlatish: Kostich (90+1).


106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *