Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Prevyu. «Manchester derbisi» va haftaning yana 3 to‘qnashuvi

Prevyu. «Manchester derbisi» va haftaning yana 3 to‘qnashuvi

Автор: admin

Ushbu haftaning dam olish kunlari Yevropaning «kuchli beshlik» chempionatlarida muxlislarni bir qator qiziqarli bahslar kutib turibdi. Quyida eng muhim to‘rt uchrashuv anonsi bilan tanishtiramiz. Qayd etish joiz, Italiyada tur o‘yinlari qoldirildi.
Ispaniya La Ligasi. 27-tur.
7 mart (shanba)
«ATLETIKO» - «SEVILYA»
O‘yin boshlanish vaqti: 20:00
TV-translyatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»
Ispaniya La Ligasida ushbu turning markaziy o‘yini «Vanda Metropolitano» stadionida o‘tkaziladi. Chempionatda «Real» va «Barsa»dan keyingi jamoa bo‘lish uchun kurash olib borayotgan «Atletiko» va «Sevilya» klublari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Diyego Simeone jamoasi ayni damda 5-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Xulen Lopetegi shogirdlari 3-pog‘onani egallab turibdi. Ushbu to‘qnashuvdagi natija jamoalarning o‘rnini almashtirish mumkin. Madrid klubi Andalus jamoasidan ikki ochko ortda qolmoqda. Primerada uchlikka kirish uchun o‘tadigan ushbu bahs tomoshabop o‘tishi kutilmoqda. E’tiborlisi, bu klublar o‘rtasidagi so‘nggi uch o‘yin bir xil – 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.
O‘zaro so‘nggi 5 o‘yin:
Sevilya – Atletiko – 1:1
Atletiko – Sevilya – 1:1
Sevilya – Atletiko – 1:1
Sevilya – Atletiko – 2:5
Atletiko – Sevilya – 2:0
Germaniya Bundesligasi. 25-tur.
7 mart (shanba)
«BORUSSIYA» M - «BORUSSIYA» D
O‘yin boshlanish vaqti: 22:30
TV-translyatsiya: «Sport TV»
Bundesliga ushbu turining markaziy qarama-qarshiligi turnir jadvalidagi qo‘shnilar va «adash» klublar o‘rtasida kechadi. Ikki ochkolik farq bilan peshqadamlik uchun kurash olib borayotgan «Borussiya»lar kurashida Myonxengladbax jamoasi uyidagi bahsda g‘alaba qozongan taqdirda Dortmund klubidan o‘zib, 3-o‘ringa chiqib oladi. «Arilar»ning g‘alabasi esa oradagi tafovut kattalashishiga sabab bo‘ladi. Qizig‘i, «Borussiya» Myonxengladbax uchun chempionatdagi eng noqulay raqib aynan «Borussiya» Dortmund bo‘lib qolmoqda. Sababi dortmundliklar 2015 yildan buyon Myonxengladbax jamoasini xoh uyda, xoh safarda mag‘lub etib kelishmoqda. Ko‘ramiz, Myonxengladbaxning «Borussiya» jamoasi nihoyat noxush an’anani buza olarmikan?
 O‘zaro so‘nggi 5 o‘yin:
Borussiya D – Borussiya M – 1:0
Borussiya M – Borussiya D – 0:2
Borussiya D – Borussiya M – 2:1
Borussiya M – Borussiya D – 0:1
Borussiya D – Borussiya M – 6:1
Angliya Premer-ligasi. 29-tur.
8 mart (yakshanba)
«CHELSI» - «EVERTON»
O‘yin boshlanish vaqti: 19:00
TV-translyatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»
Oxirgi turlarda qator ochkolarni qo‘ldan chiqargan «Chelsi» klubi bu turda «Everton» jamoasini o‘z maydonida qabul qiladi. Karlo Anchelotti jamoasi turnir jadvalining ekvatorida yurgan bo‘lsa-da, grand klublarga qarshi bahsda yaxshi natijaga erishmoqda. O‘tgan turda «MYU»dan ochko tortib olgan liverpulliklar o‘z mavqeilarni ko‘tarish uchun Londonga g‘alaba ilinjida borishadi. Lempard jamoasi uchun «Everton» noqulay raqib sanaladi. Qizig‘i, «Chelsi» o‘zaro so‘nggi 5 o‘yinda Liverpulning ushbu jamoasini bor yo‘g‘i bir marta – 2017 yilda mag‘lub eta olgan. So‘ngi ikki bahsda esa «iriskalar»ning qo‘li baland kelmoqda. «Aristokratlar» bu bahsda 3 yillik «qora an’ana»ni buzishga intilishadi.
 O‘zaro so‘nggi 5 o‘yin:
Everton – Chelsi – 3:1
Everton – Chelsi – 2:0
Chelsi – Everton – 0:0
Everton – Chelsi – 0:0
Chelsi – Everton – 2:1
Angliya Premer-ligasi. 29-tur.
8 mart (yakshanba)
«MANCHESTER YUNAYTED» - «MANCHESTER SITI»
O‘yin boshlanish vaqti: 21:30
TV-translyatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»
Angliya Premer-ligasining ushbu turidagi markaziy to‘qnashuvi «Old Trafford»da kuzatiladi. Yakshanba kuni muxlislarni «Manchester derbisi» kutmoqda. Sulsher jamoasi Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kurashayotgan bo‘lsa, Gvardiola jamoasi 2-o‘rinda qolish ilinjida. Har holda chempionlik masalasi deyarli oydinlashgan. «Manchester Siti» keyingi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etishdan mahrum etilgani bois, uning o‘rnini «Manchester Yunayted» egallamoqchi. Buning uchun «qizil iblislar» maydonda ashadiy raqiblari sanalmish «shaharliklar»ni mag‘lub etishlari talab etiladi. Qizig‘i, «Manchester derbisi»ning so‘nggi to‘rt o‘yinida mehmon jamoa mezbon klubni mag‘lub etib qaytmoqda. Hozirga kelib mag‘lubiyatsiz seriyasi 8ta o‘yinga yetgan Sulsher jamoasi «Siti»ga qarshi o‘z maydonidagi omadsizlikka barham berishga intiladi.
O‘zaro so‘nggi 5 o‘yin:
Manchester Siti – Manchester Yunayted – 0:1
Manchester Yunayted – Manchester Siti – 1:3
Manchester Siti – Manchester Yunayted – 1:2
Manchester Yunayted – Manchester Siti – 0:2
Manchester Siti – Manchester Yunayted – 3:1
191   
Добавить комментарий
Ваше имя: *