Goal24.uz » Ўзбекистон » “Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi” – Ro'ziqul Berdiev: “Bunday etirofdan xursandman”

“Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi” – Ro'ziqul Berdiev: “Bunday etirofdan xursandman”

Автор: admin

Bu bejiz emas albatta. Boisi “Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi” nominaciyasi g'olibi – Ro'ziqul Sadullaevich bo'ldi. Bir necha yillardan buyon “Nasaf” bosh murabbiyi sifatida yoshlar bilan ishlab, ijobiy natijalarga erishib kelayotgan murabbiy bu borada boshqalarga o'rnak bo'lmoqda desak yanglishmagan bo'lamiz. O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga “Nasaf” jamoasidan o'n nafar futbolchi jalb etilgani ham fikrimizni tasdiqlaydi.
Taqdirlash marosimi davomida Berdiev “Nasaf” jamoasining 2019 yildagi “Feyr pley” sovrinini ham qabul qilib oldi.
Tadbir yakuniga etgach, Ro'ziqul Sadullaevich saytimizga intervyu berdi.

- Ochig'ini aytganda, taqdirlash marosimida “Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi” nominaciyasi elon qilinishi men uchun kutilmagan voqea bo'ldi. Nominaciya g'olibi qay tarzda aniqlangani ham menga qorong'u. Munosib ko'rishibdimi, nima ham derdim, bunday etirofdan xursandman. Barchaga malumki, “Nasaf”da klub infratuzilmasidan kelib chiqqan holda, akademiya tarbiyalanuvchilariga etibor qaratib kelinmoqda. Buning natijasida bir qator yoshlar bo'y ko'rsatib, turli yoshdagi terma jamoalarimiz tarkibidan o'rin olmoqda. Vatanimiz bosh jamoasi uchun futbolchi etkazib berayotgan ekanmiz, bundan g'ururlanamiz va kelgusida ham bunday sharafli vazifani bajarishga bor kuchimizni ishga solamiz.
-  “Nasaf” jamoasi ketma-ket ikki yil “Feyr-pley” sovrinini ham qo'lga kiritdi. Albatta har gal shogirdlarimga tartib-intizom bo'yicha ham kerakli ko'rsatmalarni berib boramiz. To'g'ri, futbolda qo'polliklar ham uchrab turadi va futbolning bir qismi. Lekin raqibga xurmatda bo'lishlik ham professionallikdan dalolat beradi. SHu bo'yicha qo'l ostimdagi yigitlarga nasihat qilib turaman – deydi Ro'ziqul Berdiev.

213   
Добавить комментарий
Ваше имя: *