Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Mourino YECHLdan «uchib ketish» yoqasida, «Mestalya»da g‘alati o‘yin kutmoqda

Mourino YECHLdan «uchib ketish» yoqasida, «Mestalya»da g‘alati o‘yin kutmoqda

Автор: admin

Bugun Chempionlar ligasi doirasida 1/8 finalning javob uchrashuvlari o‘tkaziladi.

«Kichik Joze» kattasiga qarshi
Butun Yevropa hozirda bir mavzu haqida gaplashmoqda. Hatto murabbiylardan ham koronavirus haqida so‘rashdi. Yurgen Klopp global mavzularni muhokam qilishni yoqtirmasligini aytdi. «Leypsig» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann esa jurnalistlardan birining infeksiya haqdagi savoliga shunday javob berdi: «Axir sizlar virusologlardan bizning «Volfsburg» bilan o‘yinimiz haqida so‘ramaysizku?».

Chindan ham, koronavirus mavzusi murabbiylarning taktikalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Infeksiya futbolga ta’sir ko‘rsatmoqda: YECHLning 1/8 finaldagi uchrashuvlarining bir qismi tomoshabinlarsiz o‘tishi aniq (hozircha qancha uchrashuvda bunday choralar qo‘llanishi noma’lum), «Leypsig»ning «Tottenhem»ga qarshi o‘yinini ham bo‘sh tribunalarda o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Albatta, tomoshabinlarsiz o‘yin maydondagi voqealar rivojiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi holatda «shporlar»ga o‘yin bo‘sh tribunalarda o‘tkazilishi foydaliroq, mehmon jamoa safarda o‘z uyidagidek o‘ynashi va vaziyatdan chiqib ketishi mumkin. Birinchi o‘yinda «Tottenhem» Londonda 0:1 hisobida yutqazgandi va endi bu juftlikda Mourino shogirdlari favorit hisoblanmayapti. Fevral oyidagi o‘yinda londonliklarning mag‘lubiyati sabablaridan biri sifatida kadrlar muammosi keltirilgandi, ammo hozirga kelib ham vaziyat o‘zgarmadi. Keyn, Son Xin Min va Sissoko qatoriga jamoaning yangi futbolchisi Bergvayn qo‘shildi, Ndombele ham maydonga tushishga tayyor emas (bu haqda Mourino ham gapirdi). Qisqacha aytganda, «shporlar» maydonda hujum chizig‘i vakillarisiz harakat qilishiga to‘g‘ri keladi. Jamoa so‘nggi besh o‘yinda hech kimni mag‘lub eta olmagani,  «Norvich»ga mag‘lub bo‘lib Angliya Kubogini tark etgani ham bejiz emas.

«Leypsig» tarkib jihatdan kuchliroq ko‘rinmoqda. Jamoa Bundesligada «Bavariya»ni oldinga o‘tkazib yuborgan va oradagi farq 5 ochkoga yetgan bo‘lsada, jamoa ichki chempionatda qatorasiga 6 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda. Lekin nemislar jamoasi himoya chizig‘ida muammolar bor, bu birinchi o‘yinda ham ko‘zga tashlangan, ammo «Tottenhem» futbolchilari gol ura olmagandi.

Bir vaqtlar germaniyalik darvozabon Tim Vize Nagelsmanni «chaqaloq Mourino» deb atagandi. Ammo «Leypsig» murabbiyi barchaning ko‘z o‘ngida o‘sishga erishdi va endi Mourinoni eng asosiy yevrokubokdan chiqarib yuborishga tayyorlanmoqda.

10 mart (seshanba)
«Leypsig» - «Tottenhem»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translyatsiya: Futbol TV
Birinchi uchrashuv: 1:0

Taxminiy tarkiblar:
«Leypsig»: Gulach; Klostermann, Upamekano, Xalstenberg; Adams, Laymer, Zabitser, Anxelino; Verner, Shik, Nkunku
O‘ynamaydi: Orban (jarohat)
«Tottenhem»: Loris; Ore, Alderveyreld, Sanches, Dayer, Vertongen; Uinks, Lo Chelso; Lamela, Lukas Moura, Alli
O‘ynamaydi: Keyn (jarohat), Son (jarohat), Sissoko (jarohat), Bergveyn (jarohat), Foyt (jarohat), Devis (jarohat).

«Valensiya» iroda ko‘rsata oladimi?



«Ko‘rshapalaklar»ning ahvoli «Tottenhem»nikidanam yomonroq. Albatta, «Valensiya» o‘z uyida o‘ynaydi, ammo bu muhim emas: «Mestalya»ga nafaqat muxlislar, balki jurnalistlar ham kiritilmaydi. O‘yindan oldingi matbuot anjumani ham bekor qilindi, mashg‘ulotlarga ham jurnalistlar qo‘yilmadi, «Atalanta» futbolchilariga o‘yinda gol urilsa, uni quchoqlashib nishonlamaslik tavsiya etildi. Umuman, Valensiyadagi o‘yin «stol futboli» sifatida yodda qolsa kerak — futbolchilar bir-biriga teginishmaydi.

«Valensiya» 1:4 hisobidan chiqib ketishi kerak, ular muxlislar yordamiga umid qila olishmaydi. Jamoaning hozirgi holatidan kelib chiqib buning imkoni juda past deyish mumkin: so‘nggi 7 uchrashuvda faqat bir g‘alaba. 

Bu juftlikda italyanlar kuchli. Jamoa joriy mavsumda Italiya chempionatining 3ta o‘yinida (!) 7tadan gol urdi, so‘nggi jabrlanuvchi «Lechche» klubi bo‘ldi. Noyabr oyidan buyon «Atalanta» har bir uchrashuvda gol urib kelmoqda, jamoaning golli o‘yinlar seriyasi 17 o‘yinga yetgan.

Hech qanday shubha yo‘qki, «Atalanta» — mavsum kashfiyoti. Shuning uchun, «Yuventus» rahbari Andrea Anellining bergamoliklar jamoasi «xalqaro turnirlardagi tajribasiz» Chempionlar ligasida ishtirok etayotgani to‘g‘risidagi gaplari kulgili ko‘rinmoqda. «Atalanta» turnirni yutmasligi mumkin, ammo jamoa butun dunyoda o‘z muxlislariga ega bo‘lib ulgurdi. Klub muxlislari Valensiyaga uchib borib, jonajon jamoalarini qo‘llab-quvvatlay olishmayotgani taassufli. Tez orada koronavirus vahimasi barham topadi va Chempionlar ligasi bayramlari davom etadi, deya umid bildirib qolamiz.

10 mart (seshanba)
«Valensiya» - «Atalanta»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translyatsiya: Futbol TV
Birinchi uchrashuv: 1:4

Taxminiy tarkiblar:
«Valensiya»: Sillessen; Gayya, Dyaxabi, Koklen, Vass; Gedesh, Parexo, Kondogbia, Ferran; Rodrigo, Gameyro
O‘ynamaydi: Garay (jarohat), Maksi Gomes (jarohat), Pichchini (jarohat), Gabriel (diskvalifikatsiya), Manu Valexo (jarohat), Mangala (jarohat), Kosta (jarohat)
«Atalanta»: Gollini; Palomino, Kaldara, Jamshiti; Xatebur, de Roon, Froyler, Gosens, Gomes, Ilichich; Sapata
O‘ynamaydi: Toloi (jarohat)
135   
Добавить комментарий
Ваше имя: *