Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Klopp: “Atletiko”ni tanqid qildi

Klopp: “Atletiko”ni tanqid qildi

Автор: admin

“Liverpul” jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Atletiko Madrid”ga qarshi uchrashuvdan (2:3) so‘ng, o‘z fikr va mulohazalarini bayon qildi.
"Tablodagi 2:1 hisobi juda yoqimsiz bo‘lsa-da, biz uchun muammo tug‘dirgani yo‘q, biroq 2:2 natijasi chinakam muammoga aylandi.
O‘tkazib yuborilgan ikkinchi goldan so‘ng, futbolchilarim charchab qolishganini his etishdi. Aynan o‘sha golga qadar maydonda o‘xshayotgan ishlarimizning barchasi juda qiyinchilik bilan amalga oshishni boshladi.
Uzatmalarimiz umuman o‘ziga o‘xshamay qoldi. Birinchi va ikkinchi goldagi uzatmalarni amalga oshirgan yigitlar o‘tkazib yuborilgan gollardan so‘ng barchasini unutib qo‘yishgandek tuyuldi.
Men bugun o‘z jamoamning o‘yinidan to‘liq qoniqish hosil qildim. “Atletiko” singari jamoalarga qarshi to‘p surish juda mushkul vazifa. Men raqiblarimiz shunday klassga ega bo‘la turib nima uchun bunday futbol o‘ynashlarini tushuna olmayapman. Ular chinakam futbol o‘ynashga qodir bo‘lsalar-da, chuqur himoyaga yotib olib faqat qarshihujumga tayanishdi.
Biz bugungi natija aslida noto‘g‘ri bo‘lsada, uni qabul qilishga tayyormiz. Qanchalar omadsiz ekanligimni anglab turibman. Ayniqsa, bugun yigitlar to‘rttadan ikki qator himoyachi bilan harakat qilgan dunyo darajasidagi jamoaga qarshi bor kuchlari bilan harakat qilib ham natija ko‘rsa olishmaganida bu yaqqol seziladi.
Ha, so‘nggi ikki yil davomida omad biz bilan edi. Omadli bo‘lmaganimizda YECHL finalida ikki bor harakat qilmagan bo‘lar edik. Shunga qaramay, bugun omad bizdan eng kerakli pallada yuz o‘girdi", — dedi germaniyalik mutaxassis.
Manba: BBC sport

102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *