Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Barsa» va «Real» 16 yoshli futbolchi uchun kurashadi

«Barsa» va «Real» 16 yoshli futbolchi uchun kurashadi

Автор: admin

«Barselona» va «Real» klublari Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi yarimhimoyachisi Umar Beyazga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Goal.com.
Manbada aytilishicha, Ispaniya klublari yozgi transfer vaqtida futbolchini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqdalar. Bundan tashqari, xavbekni «MYU» ham o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.
Ma’lumot uchun, 16 yoshli Beyaz «Fenerbaxche» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu mavsumda Istambul klubining yoshlar jamoasida 14ta o‘yin o‘tkazib, 2ta golli uzatma qayd etgan. Beyaz shuningdek Turkiyaning U17 o‘smirlar jamoasi safida 10ta bellashuvda maydonga tushib, 5ta golga hammualiflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.


122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *