Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Ibragimovich: "Agar koronavirus Zlatanga kelmasa, Zlatan koronavirusga boradi"

Ibragimovich: "Agar koronavirus Zlatanga kelmasa, Zlatan koronavirusga boradi"

Автор: admin

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich koronavirus pandemiyasining boshlanishiga o‘z uslubida munosabat bildirdi. Xususan, shved hujumchisi Italiyaga kasalxonalarni moliyalashtirish orqali virusdan xalos bo‘lishga yordam bermoqchi.
"Italiya menga doim ko‘p narsa berib kelgan va men ham mushkul paytda bu mamlakatga yordam bermoqchiman. Hamkasblarim bilan birga gumanitar kasalxonalar uchun mablag‘ yig‘ishni tashkil etishga va bunda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimdan foydalanishga qaror qildim.
Men jamoadoshlarimning va boshqa sportchilarning saxiyligiga, shuningdek, koronavirusni mag‘lub etish uchun har qanday mablag‘ni ehson qilishlariga ishonaman. Biz rostdan ham hayotimizni saqlab qolish uchun fidokorona ishlaydigan shifoxonalar, shifokorlar va hamshiralarga yordam bera olamiz. 
Endi bu pandemiyadan birgalikda qutulib, o‘yinda g‘olib bo‘laylik. Esingizda tursin: virus agar Zlatanga kelmasa, Zlatan virusga boradi", – dedi Zlatan instagramdagi videomurojaatida. 
Manba: isport.ua

91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *