Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Kuman: «Barselona» bosh murabbiyi bo‘lishga umidvorman»

Kuman: «Barselona» bosh murabbiyi bo‘lishga umidvorman»

Автор: admin

Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman qachonlardir «Barselona»da ishlashga umidvor ekanini aytdi.
«Barselona» menga taklif yuborgandi. Ammo Niderlandiya milliy jamoasi bilan shartnomam bor. 
«Barselona» har doim katta turnirlarda g‘alaba qozonishga qodir, chunki yaxshi futbolchilari bor, zo‘r futbolchilar bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega. Bunday klubda ishlash hammaga yoqadi.
Ularning qanday holatda ekanini ahamiyati yo‘q. Futbolchi paytimda bu shaharda yashaganman va uni juda yaxshi ko‘raman. Umid qilamanki, bir kun kelib «Barselona»ni boshqaraman», — deb Kuman so‘zlarini keltirmoqda Goal.
Avvalroq Kuman Yevro-2020 tugaganidan so‘ng kataloniyaliklarni boshqarishi mumkinligini aytgan edi. UEFA koronavirus pandemiyasi tufayli bu musobaqani 2021 yilga ko‘chirdi.


85   
Добавить комментарий
Ваше имя: *