Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Tomoshabinlar tashrifi: Angliya Premer-ligasida eng ko‘p va eng kam muxlis qaysi klublarda?

Tomoshabinlar tashrifi: Angliya Premer-ligasida eng ko‘p va eng kam muxlis qaysi klublarda?

Автор: admin

Koronavirus tufayli to‘xtatilgan Angliya Premer-ligasining joriy mavsumdagi o‘tgan 29 turidan keyin tomoshabinlar tashrifi borasidagi statistika e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, «Manchester Yunayted» klubi uy stadionida eng ko‘p tomoshabin to‘plamoqda. Sig‘imi 76 212 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan «Old Trafforld» stadionida o‘rtacha 72 726 tomoshabin kelmoqda. 

Ikkinchi o‘rindan Londonning «Arsenal» klubi joy olgan. «Emireyts» o‘yingohida o‘rtacha 60 279 muxlis kelgan. Bu borada «kanonirlar» stadioni yuz foizga to‘layotgan Angliyadagi ikki stadiondan biridir.

Londonning «Vest Hem» va «Tottenxem» klublari bu borada 3-4-o‘rinni egallashgan. «London stedium» va «Tottenhem stedium» arenalarida har o‘yinda o‘rtacha 59 mingdan ko‘proq tomoshabin yig‘ilmoqda.

«Manchester Siti», «Liverpul», «Nyukasl», «Aston Villa», «Chelsi», «Everton» klublari tomoshabinlar tashrifi borasida o‘nlikdan joy olgan. 
Quyida jamoalarning tomoshabinlar tashrifi borasidagi ko‘rsatkichlari bilan tanishing:



132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *