Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Igalo: «Hozir «MYU»dagi kelajagim haqida o‘ylamayapman»

Igalo: «Hozir «MYU»dagi kelajagim haqida o‘ylamayapman»

Автор: admin

«Manchester Yunayted» hujumchisi Odion Igalo mavsum so‘ngida mankunianliklar uni sotib olish-olmasligi haqida o‘ylamayotganini aytdi.
«Hozir bu haqda gapirish xudbinlikdir. Men «MYU» meni sotib olishi haqda o‘ylamayapman.
Barchamiz futbolga emas, global muammolarga e’tibor qaratyapmiz. Futbolni sog‘liqdan ustun qo‘ya olmaymiz. 
O‘zimizning xavfsizligimizga e’tibor qaratish va koronavirusga qarshi kurashayotganlar tuzalib ketishi uchun duoda bo‘lishimiz kerak.
Bir-biringizga mehribon bo‘lishda davom eting. Bu bir kishining muammosi emas», – deb Igaloning so‘zlarini keltiradi The Sun.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli nigeriyalik hujumchi «MYU»da ijarada o‘ynamoqda. U aslida Xitoyning «Shanxay Shenxua» klubiga tegishli.


107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *