Goal24.uz » Жаҳон » Eng ko‘p daromad topuvchi murabbiylar e’lon qilindi

Eng ko‘p daromad topuvchi murabbiylar e’lon qilindi

Автор: admin

Fransiyaning France Football nashri murabbiylarning 2018/19 yilgi mavsumdagi daromadlarini hisoblab chiqdi.
Ro‘yxatni tuzishda murabbiylarning oylik maoshlari, bonuslari va imij huquqlaridan olingan daromadlari inobatga olindi.
Unga ko‘ra, «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone dunyoning eng daromadli murabbiyi ekani ma’lum bo‘ldi. Uning yillik daromadi 40,5 mln yevroni tashkil etgan.
«Inter» murabbiyi Antonio Konte 30 mln yevro daromadi bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, uchinchi pog‘onadan o‘tgan mavsumda 27,5 mln yevro ishlab topgan «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘rin oldi.


128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *