Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «Real» Pogbani «MYU» so‘ragan narxda sotib olishga tayyor

«Real» Pogbani «MYU» so‘ragan narxda sotib olishga tayyor

Автор: admin

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba yangi mavsumni Madridning «Real» klubi safida boshlashi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning As nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, Madrid klubi o‘tgan yozgi transferda Pogbaning transfer narxini tushirishga intilgan, biroq Manchester klubi bunga rozi bo‘lmagan. Hozirga kelib esa «MYU» Pol Pogbani yozgi transfer oynasida «Real»ga 100 million yevroga sotishga tayyor. Madrid jamoasi ham ushbu yirik transferga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qolaversa, koronavirus pandemiyasining jahon futbolidagi ta’siri sabab kelishuv bahosi yana arzonlashishi mumkin.
«Manchester Yunayted» rahbariyati allaqachon Pogbaning ketishi - klub uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lmaydi, degan qarorga kelgan. Ular eng avvalo fransiyalik yarimhimoyachini sotib olingan narxida sotishni ko‘zlashmoqda. Manchesterliklar qishki transfer oynasida taklif etilgan Brunu Fernandeshga katta umid bog‘lashgan. Qolaversa, yozda jamoaga «Aston Villa» yarimhimoyachisi Jek Grilishning qo‘shib olinishi rejalashtirilgan», - deyiladi xabarda.
Oldinroq, «Real» prezidenti Florentino Peres Federiko Valverdening yaxshi sport formasiga kirgani va yangi mavsumda ijaradan qaytadigan Martin Edegorning o‘yinidagi o‘sish tufayli Pogba transferidan voz kechmoqchi ekanligi aytilgandi. Ammo Zidan hamyurtini Madridda ko‘rish niyatidan qaytmagan. Klub yozda taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda.
Ma’lumot uchun, Pogba ushbu mavsumda «MYU» safida APDda 7 o‘yinda maydonga tushib, bor yo‘g‘i 2ta golga hammualliflik qildi. Futbolchi jarohatidan tiklanish bilan ovora.


147   
Добавить комментарий
Ваше имя: *