Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Balotelli o‘ziga yangi klub qidirmoqda

Balotelli o‘ziga yangi klub qidirmoqda

Автор: admin

Italiyaning «Breshia» klubi hujumchisi Mario Balotelli mavsum so‘ngida jamoasini o‘zgartirmoqchi, deya xabar beradi Corriere della Sera nashri.
Manbada yozilishicha, 29 yoshli futbolchi klubning natijalaridan qoniqish hosil qilmayapti. O‘z navbatida klub rahbariyati ham Balotellining o‘yinidan norozi. Kelishuvga ko‘ra, agar klub A Seriyani tark etadigan bo‘lsa, Balotellining shartnomasi avtomatik tarzda to‘xtatiladi. Shunga qaramay, Mario o‘z agenti Mino Rayolaga yozda jamoasini o‘zgartirish niyatida ekanini aytgan.
Italiya OAVlarida aytilishicha, Rayola allaqachon mijozining transferi borasida Turkiyaning «Galatasaroy» klubi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ma’lumot o‘rnida, Balotelli joriy mavsumda 19ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urdi va 1ta golga hammualliflik qildi. «Breshia» esa turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida joylashgan.


96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *