Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Mavsumni bekor qilgan ligalarda yevrokuboklar bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin

Mavsumni bekor qilgan ligalarda yevrokuboklar bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin

Автор: admin

Agar Yevropa ligalari koronavirus pandemiyasi tufayli mavsumni bekor qilishadigan bo‘lsa, yevrokuboklar bilan bog‘liq muammolarga duch keladilar.
Forbes jurnalisti Kris Uilyams ma’lumotiga ko‘ra, mavsumning barcha natijalari bekor qilinadigan ligalarda Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi yo‘llanmasi bilan bog‘liq muammo yuzaga keladi. Ayniqsa, boshqa ligalarda mavsum davom ettirilsa va yakunlansa, bu muammo o‘tkirlashadi.
Natijada, mavsum bekor qilingan ligalar klublari yevrokuboklarga yo‘llanmani qo‘lga kiritolmay qoladi. Bundan tashqari, UEFA koeffitsiyentini hisoblashda ham muammolar paydo bo‘ladi.
 
Ayni paytda UEFA ligalar bilan hamkorlikda bu muammoning yechimi ustida bosh qotirmoqda.


103   
Добавить комментарий
Ваше имя: *