Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Koronavirus tufayli futbolchilar narxi pasayishi mumkin

Koronavirus tufayli futbolchilar narxi pasayishi mumkin

Автор: admin

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) koronavirus pandemiyasining futbolchilar transfer qiymatiga ta’sir qilishi bo‘yicha hisobotni taqdim qildi.
CIES hisob-kitobiga ko‘ra, agar mavsum iyun oyi oxirida davom ettirilmasa, futbolchilarning transfer qiymati o‘rtacha 28 foizga pasayadi.
Hammasi bir necha omillarga bog‘liq: futbolchining yoshi, shartnomasining muddati, faoliyati va so‘nggi natijalari.
Bu mavsumda juda kam maydonga tushgan, yoshi ulg‘ayib borayotgan va shartnomasi muddati nihoyasiga yetayotgan futbolchilar hammadan ko‘p arzonlashadi. Misol uchun, «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogbaning transfer qiymati 65 mln yevrodan 35 mln yevroga tushib qoladi.
Top-klublar futbolchilari transfer qiymatining pasayishi (11 mart → 30 iyun)
1. «Inter» — € 773 mln → € 497 mln (-35,7%)
2. «Bavariya» — € 809 mln → € 542 mln (-33,0%)
3. «Real» — € 1100 mln → € 750 mln (-31,8%)
4. «Pari Sen-Jermen» — € 961 mln → € 659 mln (-31,4%)
5. «Barselona» — € 1170 mln → € 804 mln (-31,3%)
6. «Manchester Siti» — € 1361 mln → € 949 mln (-30,3%)
7. «Manchester Yunayted» — € 1007 mln → € 714 mln (-29,1%)
8. «Tottenhem Hotspur» — € 787 mln → € 560 mln (-28,8%)
9. «Yuventus» — € 783 mln → € 561 mln (-28,4%)
10. «Liverpul» — € 1405 mln → € 1052 mln (-25,1%)


141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *