Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Ferdinand Keyn va Sanchoning transferlari uchun qancha sarflash zarurligini aytdi

Ferdinand Keyn va Sanchoning transferlari uchun qancha sarflash zarurligini aytdi

Автор: admin

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand «qizil iblislar»ga Harri Keyn va Jeydon Sanchoni sotib olishni maslahat berdi.  U shu bilan birga ikki o‘yinchi uchun 200 mln funt sterlingdan (224 mln yevro) ko‘proq mablag‘ kerak bo‘lishi haqida ham gapirdi.
«Keyn «Tottenhem»da baxtli emas. Menimcha, uning oxirgi so‘zlari jamoadan ketmoqchiligini anglatadi, u bu gaplari bilan boshqa klublarga ishora berdi. Harri sovrin yutishni xohlamoqda. «Manchester Yunayted» uni sotib olishi kerak, chunki u klubga juda mos tushadigan o‘yinchi. «Real» va «Yuventus» ham Harri uchun kurashishi aniq. Uning tovon puli taxminan 130 mln funtni tashkil etadi.
Sanchoga esa «MYU», «Chelsi» hamda «PSJ» da’vogarlik qilmoqda. U o‘tishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi klub «Yunayted» deb o‘ylayman. Jeydon – dunyoning eng yaxshi yosh va katta potensialga ega futbolchilaridan biri. Uning transferi 100 mln funt sterlingdan ko‘proqqa tushishi mumkin. Albatta, bu juda ko‘p, biroq biz yana 10 yillar davomida yuqori darajada o‘ynashi mumkin bo‘lgan futbolchi haqida gaplashyapmiz», – deya Ferdinandning so‘zlarini keltiradi Goal.
Eslatib o‘tamiz, Keyn oxirgi intervyusida «Tottenhem»dan ketish ehtimoli borligini yashirmagandi.


114   
Добавить комментарий
Ваше имя: *