Goal24.uz » Европа жамоалари » «PSJ» va «Yuventus» «Real» himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi

«PSJ» va «Yuventus» «Real» himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi

Автор: admin

Dortmundning «Borussiya» klubi safida ijara asosida to‘p surayotgan Madridning «Real» klubi himoyachisi Ashraf Xakimiga Fransiya va Italiyadan taklif bor. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, «PSJ» klubi yozda shartnomasi nihoyasiga yetadigan himoyachi Tomas Myone o‘rniga Ashraf Hakimi nomzodiga qiziqmoqda. 
Shuningdek, «Yuventus» klubi ham Bundesligada muvaffaqiyatli to‘p surayotgan marokashlik hujumkor himoyachiga qiziqish bildirgan. Futbolchining o‘zi Madridda unga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmasa, takliflardan birini qabul qilmoqchi.
Ma’lumot uchun, Hakimi joriy mavsumda dortmundliklar safida 25 o‘yinda 3ta gol va 10ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Ashrafning «Real» bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi.
105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *