Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Del Pero «Yuventus»ni yaxshi ko‘rishi va Dibalaning yetuk futbolchiga aylanayotgani haqida gapirdi

Del Pero «Yuventus»ni yaxshi ko‘rishi va Dibalaning yetuk futbolchiga aylanayotgani haqida gapirdi

Автор: admin

«Yuventus»ning sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero Turin klubidagi faoliyati va jamoa forvardi Paulo Dibalaning o‘sishga erishayotgani haqida gapirdi.
«Dibala allaqachon sardorlik bog‘ichini taqib ko‘rdi. Demak, «Yuventus» uni bunga loyiq deb biladi.
U haqida shaxsan bilganimni, maydonda va uning tashqarisidagi chiqishlarini inobatga olsak, menimcha, Paulo so‘nggi oylarda chindan ham yetuk futbolchiga aylanmoqda. Uning yozdagi voqealarga munosabati qanchalik o‘sganligini ko‘rsatadi.
Biz uning ishlashni yaxshi ko‘rishini bilardik va endilikda uning yanada mukammal o‘yinchiga aylanganini his qilyapman. 
Bolaligimdan «Yuventus»ni qo‘llab-quvvatladim, bor imkoniyatlarimni ishga soldim. Klub uchun qiyin paytlarda V Seriyada g‘oliblikni qo‘lga kiritdim va ketishdan oldin jamoani yuqori o‘rinlarga qaytardim.
«Atalanta»ga qarshi so‘nggi o‘yin kulminatsiya bo‘ldi. O‘sha kungi stadiondagi jamoadoshlarim va boshqa odamlarning quchoqlarini tasvirlashga so‘z ojiz.
«Yuventus»ga bo‘lgan sevgim yagona va u hech qachon tugamaydi», – deb Del Peroning so‘zlarini keltiradi Sky Sport Italia.


104   
Добавить комментарий
Ваше имя: *