Goal24.uz » Foto lavhalar » Arxitektorlar eng yaxshi yangi arenalarni tanlashdi. Top-10da Uxandagi stadion ham bor

Arxitektorlar eng yaxshi yangi arenalarni tanlashdi. Top-10da Uxandagi stadion ham bor

Автор: admin

To'rt arxitektordan iborat hakamlar hayati quyidagi nuqtay nazar bo'yicha eng qiziq stadionlarni tanlashdi: Arxitektura qadriyatlari, innovaciyalar va ko'p funkcionallik. Bu uch faktor jamlandi va reyting tuzildi.


10. "Datun Sports Sentr", Datun



Datun - Xitoy o'lchovi bo'yicha Buyuk Xitoy devorining shimoliy qismidagi kichik shaharcha (3 mln. kishi). Ammo undagi stadion kichkina emas, arenaga 30 ming kishi sig'adi.

Loyiha konchilar shahrini Xitoyning madaniyat poytaxtiga aylantirmoqchi bo'lgan mer (hokim) paytida paydo bo'lgan. Keyinroq uni korrupciyada ayblab, hibsga olishdi, biroq loyihalar yashashda davom etmoqda. To'g'ri, bu erda o'ynashga arziydigan jamoa yo'q (shaharda professional klub mavjud emas). Arena shahar tadbirlariga xizmat qilmoqda.

9. "Fayv Rings", Uxan



Ha, bu o'sha Uxan shahrining stadioni. Arenada futbol o'yinlari va boshqa sport musobaqalarini o'tkazish mumkin. O'z bag'riga 30 ming muxlisni sig'dira oladigan stadionda basseyn va yopiq sport kompleks mavjud. Ushbu arenada ikkinchi divizionda ishtirok etadigan "Uxan CHjoer" o'ynaydi.

8. "Tegelne pole", Bratislava



Slovakiya poytaxtida joylashgan stadionning sig'imi 22,5 ming kishi. Ushbu arenani terma jamoaning eski o'yingohi o'rniga qurishgan. Suratga yaxshilab etibor bersangiz, klubning ofisi xuddi CSKAniki kabi burchak ortidagi binoda joylashgan.

7. "Nyu-Klark Siti", Kasas



FIFAning talablariga javob beradigan, xalqaro o'yinlarni yuqori saviyada o'tkazsa bo'ladigan Filippinning birinchi stadioni. Bungacha Filippinda ushbu arenaga o'xshash o'yingohlar bo'lmagan. U o'z bag'riga 20 ming muxlisni sig'diradi va arenada engil atletika bo'yicha musobaqalar o'tkazsa bo'ladi.

6. "VTB Arena", Moskva



JCH-2018 loyihasiga kiritilgan, ammo keyinroq ro'yxatga qo'shilmagan Rossiyaning yangi stadioni. Mundial arenalari safiga kiritilmagan o'yingohga 26 ming muxlis sig'adi. Petrovskiy parkidagi qurilish 2019 yilda yakunlandi, "VTB Arena"da nafaqat futbol, balki xokkey uchrashuvlari ham o'tadi.

5. "Tottenxem Stedium", London



"Tottenxem" 2007 yildan beri "Uayt Xart Leyn"ni yangilash yo'llarini izlayotgandi va yangi arenani eskisining o'rnida qurishga qaror qilishdi. Esingizda bo'lsa, "Uayt Xart Leyn"dagi so'nggi mavsumda bitta tribuna yopiq edi.

"Tottenxem Stedium" o'z bag'riga 62 ming muxlisni sig'diradi, uni topshirishda muammolar yuzaga keldi - yong'in xavfsizligi xodimlari xavfsizlik tizimidagi kamchilik tufayli o'yin o'tkazishga ruxsat berishmagandi. SHu sababli "Tottenxem" deyarli yarim yilni "Uembli"da o'tkazdi.

4. "Al-Janub", Al-Vakra



Ushbu arena Zahi Hadid loyihasi bo'yicha JCH-2022 uchun qurildi.

Stadion o'z bag'riga 40 ming muxlisni sig'diradi, ammo mundialdan so'ng o'rindiqlarning yarmini olib tashlashmoqchi - Qatar ligasiga bunday mahluqning keragi yo'q.

3. "Pushkash Arena", Budapesht



"Pushkash" - Evro-2020 uchun noldan qurilgan yagona stadion. Arena ochilishi kechikdi va u noyabrda foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida afsonaviy Nikita Simonyan ishtirok etgan.

2. "Bankvest Stedium", Sidney



Arena mahalliy hokimiyatga tegishli, uni turli sport tadbirlari uchun qurishgan: bu erda asosan "Parramatta" regbi, "Vestern Sidney" esa futbol o'ynaydi. Bazida o'z arenasini tamirlayotganlar ham ushbu stadionda to'p tepadi.

Bungacha "Bankvest" o'rnida boshqa stadion bo'lgan va o'sha arenada 18 asrdan beri musobaqalar o'tkazib kelingan. Eski arenani buzib tashlashdi va yangi 30 ming kishilik o'yingoh qurishdi.

1. Milliy (yoki Olimpiya) stadioni, Tokio



68 ming kishiga mo'ljallangan Milliy stadionidan Olipiada-2020 ochilishi va yopilishida foydalanishmoqchi edi. Uni eski Olimpiya arenasi o'rniga qurishgan.

Avvaliga stadionni 2019 yildagi regbi bo'yicha jahon chempionatigacha qurib bitkazishmoqchi edi, biroq mamlakat bosh vaziri Sinzo Abening talablari tufayli qurilish cho'zilib ketdi va yakunda ushbu g'oyadan voz kechishdi.
405   
Добавить комментарий
Ваше имя: *