Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Ronalduning ma’shuqasi – Jorjina haqida sizni hayratda qoldiruvchi 5 ta fakt

Ronalduning ma’shuqasi – Jorjina haqida sizni hayratda qoldiruvchi 5 ta fakt

Автор: admin

Taniqli “Foot Life” nashri Krishtianu Ronalduning sevgilisi – Jorjina Rodrigesning shaxsiy hayotidagi qiziqarli voqealar bilan o‘rtoqlashdi.
Jorjina uchun futbol begona emas
 
Jorjinaning otasi aslida portugaliyadan. Ismi oshkor qilinmagan inson o‘z vaqtida professional futbolchi bo‘lgan. Katta futbolda aytarli hech qanday yutuqqa erishmagach, jinoyat olamiga kirib ketadi. Manbaning ma’lum qilishicha, Jorjinaning otasi narkotik moddalar bilan qo‘lga tushib qolgani uchun qamalib ketadi va futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘yiladi. Afsuski, o‘tgan yili Jorjina otasidan ayrildi. 2011-yilda esa, uning onasi avtohalokat sababli vafot etgan edi.
U chindan ham futbol va Ronalduni sevadi
 
Jorjina “Yuventus”ning birorta uy uchrashuvini o‘tkazib yubormaydi. U Ronalduning sevgilisi bo‘lgani uchun emas, shunchaki futbolni yoqtirgani uchun o‘yinlarni qoldirmaslikka harakat qiladi. Jorjina o‘zining intervyularidan birida : “Ronaldu – meni futbol maydonida hayratda qoldirishi mumkin bo‘lgan yagona futbolchi. Men barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchining sevgan insoni bo‘lganimdan baxtliman.       Unga raqobatdosh futbolchi mavjud emas”,-degan edi.
Aslida oddiy qiz edi
 
Krishtianu bilan tanishguniga qadar Jorjina katta qiyinchiliklar iskanjasida hayot kechirganidan xabaringiz bormi? Krishtianu Jorjinani “Gucci” brendi ostidagi do‘konda sotuvchilik qilayotganida uchratib qolgan. Ular o‘sha do‘konda tanishib qolishgan bo‘lib, ko‘p o‘tmay aloqalar jiddiylashib ketadi. Mashxur futbolchilarning turmush o‘rtog‘laridan farqli o‘laroq Jorjina fotomodel yoki aktrisa bo‘lib emas, shunchaki oddiy qiz sifatida Ronalduning yuragiga yo‘l topgani tahsinga sazovor.
Juda ham tortinchoq qiz
 
Jorjinaning aytishicha, mashxurlik unga katta muammolar keltirib chiqargan ekan. Ronaldu bilan aloqalari sababli “Gucci” do‘konidagi haridorlarning soni keskin ortib ketadi. Deyarli barcha jurnalistlar Jorjinaning suratga olish yoki undan kichik bo‘lsada intervyu olish uchun haridor qiyofasida dokonga tashrif buyurishi ko‘payib ketgach, Jorjina ishdan bo‘shashga majbur bo‘ladi. Afsuski, bu bilan muammo yechim topmadi. Uning birdaniga jurnal muqovalarida paydo bo‘lishi sababli notanish raqamlardan qo‘ng‘iroqlar soni keskin ortib ketadi. To‘g‘ri, bugungi kunga kelib Jorjina mashxurlikka ancha o‘rganib qolgan, biroq uning tortinchoqligi yo‘qolganicha yo‘q. Hozir ham Jorjinadan intervyu olish juda mushkulligicha qolmoqda. U hozir ham e’tibor markazida bo‘lishdan ko‘ra, kadr ortida qolishni avzal ko‘rmoqda.
Ronalduning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i
 
Ronaldu va Jorjina o‘rtasidagi aloqalar tez orada to‘y bo‘lishiga ishora qilayotganiga qaramay, aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilmayapti. Ronaldu o‘zining so‘nggi intervyularidan birida barchani qiziqtirayotgan savolga javob berib o‘tdi: “Menga u juda katta ko‘mak berdi. O‘ylashimcha men uni sevaman va albatta bir kun kelib unga uylanaman”.

1 036   
Добавить комментарий
Ваше имя: *