Goal24.uz » Европа жамоалари » Takror va takror ko'rishga arziydigan 30ta o'yin

Takror va takror ko'rishga arziydigan 30ta o'yin

Автор: admin

Bugun mana shu kabi qiziqarli bahslarning dastlabki o'ntasiga to'xtalamiz. Xo'sh, siz uchun ushbu uchrashuvlar orasida eng esda qolgani qaysi? 
Maqola tagida o'z fikr-mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin. Demak, boshladik. 

"CHelsi" - "Liverpul" 4:4 (ECHL 2008/09) 
- Bu Rafael Benites boshqaruvidagi "Liverpul"ning eng yaxshi damlari edi. Jamoa oxirgi turlarga qadar MYU bilan chempionlik uchun kurash olib borgandi. "CHelsi"ni esa Gus Xiddink boshqarardi. 
- Safarda "CHelsi" Branislav Ivanovichning dubli evaziga 2:0 hisobida zafar quchadi. Javob bahsi esa gollarga boy tarzda kechib, muxlislar 8ta gol guvohi bo'lishgandi. 
- 30-daqiqaga kelib "Liverpul" Londonda 2:0 hisobida zafar quchayotgandi. Biroq shu erda Xiddinkning zukkoligi rol o'ynaydi. U 36-daqiqada Kaluni almashtirib o'rniga Anelkani maydonga tushiradi. Qarabsizki o'yin scenariysi butkul o'zgarib ketadi.


"Liverpul" - "Arsenal" 4:4 (APL 2008/09) 
- "CHelsi"dan mag'lubiyatga uchrab ECHLni tark etganidan so'ng "Liverpul" bir hafta o'tib "Arsenal" bilan o'yin o'tkazadi. Bu paytga kelib mersisaydliklar "Manchester Yunayted"dan 3 ochko ortda borishayotgan, ko'pchilik "Liverpul"ning g'alabasini taxmin qilgandi. 
- SHu kuni "Arsenal" posboni Lukash Fabianski o'z darvozasi tomon yo'llangan 14ta zarbadan faqat 4tasini qaytara olmadi. Agar Andrey Arshavin bo'lmaganida shubhasiz uchrashuv qahramoni Fabianski bo'lardi. 
- "Arsenal" esa darvoza tomon faqat 4 marta aniq zarba yo'llab, to'rttalasini ham Arshavin golga aylantirdi. Ishonamizki, bu o'yin ko'pchilikning yodida. O'ziyam bahsdan so'ng Arshavinni butun dunyo gapirgandi.


"Barselona" - "Real" 5:0 (La Liga 2010/11) 
- Joze Mourino "Real" boshqaruviga kelib "Barselona"ga ochiqchasiga "urush" elon qilgan yillar. O'sha payt El klasiko haqiqiy jang maqomida kechardi. Doimiy qizil kartochka, yakkakurashlar, simulyaciya... Lekin eng muhim o'yinda "Real" 0:5 hisobidagi qaqshatqich zarbani qabul qilib olgan. 
- "Real" mavsumni yaxshi boshladi va Kataloniyadagi o'yinga qadar 10 marta zafar quchib, ikkita durang qayd etdi. Klub prezidenti Joze Mourinodek taniqli shaxsni jamoa boshqaruviga olib kelganidan xursand edi. 
- Lekin u paytlari Xavi, Messi va Vilyani to'xtatib bo'lmasdi. "Barsa" 5:0 hisobida zafar quchgan o'yinda Vilya dublga erishdi, Xavi esa faoliyatidagi eng chiroyli gollardan birini urdi. Qizig'i shundaki, bu bahsda maydon egalari Messining golisiz zafar quchgan.


"Manchester Yunayted" - "Bavariya" 2:1 (ECHL 1998/99) 
- Evropa chempionlar ligasining eng qiziq finallaridan biri. "Bavariya" tezkor gol kiritishga muvaffaq bo'lgandi. Mario Basler 6-daqiqadayoq jarima to'pidan darvoza to'rini ishg'ol qilgan. 
- O'sha uchrashuvni Basler haqiqatan eldek yugurib o'tkazgan, u butun o'yin mobaynida tinmagandi. Lekin jamoasi yutqazib qo'ygach, alamdan medal taqishga bormagan. 
- Ko'pchilik nemislar g'olib deb turgan bir paytda 90+1-daqiqada Teddi SHeringem hisobni tenglashtiradi. Oradan ikki daqiqa o'tib esa MYUning hozirgi murabbiyi Sulsher o'yinga yakuniy nuqtani qo'ygandi.


"Barselona" - "CHelsi" 2:2 (ECHL 2011/12)
- O'yindan oldin Petr CHex sobiq murabbiyi Joze Mourino "Barsa" bilan o'yinda londonliklarga omad tilashini aytib o'tgandi. SHundan so'ng chexiyalik darvozabon Joze ham bizni qo'llayapti, Kataloniyadan ijobiy natija bilan qaytamiz deydi. 
- Uch kun oldinda "Real" "Nou Kamp"dan 2:1 hisobida zafar quchib qaytgandi. Bu esa "CHelsi"ga ham madad berdi. Ammo o'yin oson o'tmaydi, "Barselona" futbolchilari 2:0 hisobida oldinga chiqib olishadi.
- G'alaba qo'lda deb o'ylagan mezbonlar qattiq adashadi va buning natijasida ikki bor jazolanadilar. Buning ustiga Messi 49-daqiqada penaltidan to'p kirita olmagan. "CHelsi" tarkibida Ramires va Torres gol mualliflari bo'lgandi.
 
Germaniya - Braziliya 7:1 (JCH-2014)
- Bu o'yinni ham unutib bo'larkanmi. O'yindan oldin Braziliya ikkita katta muammoga duch kelgandi: Neymar jarohat olgan, Tiago Silva esa diskvalifikacyai sabab maydonga tusha olmasdi. 
- Bahs davomida Braziliya go'yoki bir kishi kamdek ko'rindi. CHunki shu kuni Fredning umuman o'yini qovushmagandi. Mazkur bahs jahon chempionatlarida beshta rekord yangilanishiga sabab bo'ldi. 
- Va eng alamlisi shu o'yindagi goldan so'ng Kloze JCHlarda eng ko'p gol urish bo'yicha Ronaldoni ortda qoldirib birinchi o'ringa chiqib olgandi.
 
"Liverpul" - "Barselona" 4:0 (ECHL 2018/19) 
- "Liverpul"ning fantastik mavsumi nihoyatda alamli tarzda tugashi ham mumkin edi. Uchrashuvgacha bir hafta ichida bazi voqealar ro'y berdi: "Siti" "Lester" ustidan g'alaba qozonib, chempionlik sari yanada yaqinlashdi. "Liverpul" esa safarda "Barsa"ga 0:3 hisobida yutqazib qo'ygandi. 
- Esingizda bo'lsa, mazkur bellashuvda Yurgen Klopp Firmino bilan Salahning xizmatlaridan foydalan olmagan. Endi hamma gap faqat mo'jiza sodir bo'lishida qolgandi. Va buni qarangki, "Enfild"da shu oqshom mo'jiza ro'y berdi. 
- Trent Aleksander Arnoldning burchak to'pini qay tarzda amalga oshirganini bir eslab ko'ring-a. Hamma qotib qolgandi. Barselonaliklar bunday golni qanday o'tkazish mumkinligini haligacha tushunmasalar kerak.
 
"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 4:3 (APL 2009/10) 
- 2008 yilning iyun oyida Mark Xyuz "Manchester Siti" bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Uelslik murabbiy o'shanda Buyuk Britaniya bo'ylab o'yinchilarni jamoaga yig'adi: Given, Richards, Leskott, Brij, Barri, Rayt-Filipps, Ayrlend, Bellami. 
- O'yinda 7ta gol urilgan va barcha gollar britaniyaliklar hisobiga yozilgan: Runi, Barri, Bellami, Ouen, Giggz uch marta golli to'p uzatgan, Darren Fletcher esa dubl qayd etgandi. Fergyuson shu o'yinni faoliyatidagi eng yaxshi derbi deb aytgan.
 
"Barselona" - PSJ 6:1 (ECHL 2016/17) 
- PSJ o'z maydonida kechgan birinchi bahsda 4:0 hisobida g'alaba qozongandi. Va Kataloniyaga bemalol borsa bo'lardi. Lekin baribir xavotir ham yo'q emasdi. Hatto Matyuidi bilan Draksler 1:5 hisobidagi mag'lubiyatga rozi edilar. 
- Ikkinchi taym o'rtalarida parijliklar gol urgach , "Barsa" javob tariqasida uchta to'p kiritishi shart edi. Lekin 88-daqiqaga qadar gol ura olmaydilar. Keyingi 7 daqiqa ichida esa Messi va uning jamoadoshlari 3ta to'p kiritishning uddasidan chiqishadi.


"Liverpul" - "Milan" 3:3 (ECHL 2004/05) 
- 0:3 hisobida ortda borayotib qandaydir daqiqalar ichida 3:3ga etkazish juda kam sonli jamoalar qo'lidan keladi. Bitta jamoada Maldini, SHevchenko, Kafu, Nesta, Pirlo, Kaka, Gattuzo kabi yulduzlar maydonga tushgan bo'lsa, ikkinchi jamoada Jimmi Traore boshlang'ich tarkibda edi. 
- Ha, "Milan" bu o'yinda favorit edi. Maldini 1-daqiqadayoq hisobni ochgan. Keyinchalik Krespo dublga erishgan. Lekin ikkinchi bo'limda nimalar ro'y berganini juda yaxshi eslaysiz. "Liverpul"ga vaziyatni tenglashtirish uchun 6daqiqa kifoya qilgandi. Penaltilar seriyasida esa Eji Dudek haqiqiy qahramonlik ko'rsatgani hamon yodimizda.
185   
Добавить комментарий
Ваше имя: *