Goal24.uz » Европа жамоалари » Koronavirus tufayli Transfermarkt narxlarni pasaytirdi: Messi va Ronaldu nechanchi o‘rinda (+ro‘yxat)

Koronavirus tufayli Transfermarkt narxlarni pasaytirdi: Messi va Ronaldu nechanchi o‘rinda (+ro‘yxat)

Автор: admin

Transfermarkt portali koronavirus pandemiyasi tufayli o‘yinchilarning narxlarini yangiladi. Deyarli barcha futbolchilarning narxi 20 foizga kamaytirilgan bo‘lsa, 1998 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilarning narxi 10 foizga pasaytirildi.

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe jahonning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi. Portal uning narxini 180 mln yevro baholadi (avval 200 mln yevro edi). Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rahim Sterling va «PSJ» forvardi Neymar egallashdi (ikkisining narxi — 128 mln yevrodan).

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi reytingda 9-o‘rinni egallab turibdi (112 mln yevro). «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 60 mln yevro narx bilan 46-pog‘onani band etdi.

Transfermarkt versiyasi bo‘yicha jahonning eng qimmat futbolchilari reytingi:

1. Kilian Mbappe («PSJ») – 180 mln yevro

2-3. Rahim Sterling («Manchester Siti») – 128 mln yevro

2-3. Neymar («PSJ») – 128 mln yevro

4-7. Sadyo Mane («Liverpul») – 120 mln yevro

4-7. Muhammad Saloh («Liverpul») – 120 mln yevro

4-7. Xarri Keyn («Tottenxem») – 120 mln yevro

4-7. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») – 120 mln yevro

8. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund) – 117 mln yevro

9. Lionel Messi («Barselona») – 112 mln yevro

10. Trent Aleksander-Arnold («Liverpul») – 99 mln yevro

...

46. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») – 60 mln yevro.
Manba: sports.ru

161   
Добавить комментарий
Ваше имя: *