Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » "Milan" yulduzlari: kecha va bugun

"Milan" yulduzlari: kecha va bugun

Автор: admin

O'sha paytlari bu jamoada kimlar o'ynamagan deysiz. Ayniqsa Andrey SHevchenkoning bir o'zi qanday mo'jizalar yaratganini bir esga oling-a. 
Lekin vaqt bamisoli oqar suv, hech qachon to'xtamaydi. Vaqt o'tgan sari odamlar ham o'zgarib boradi. Quyida o'sha dillarga yaqin "Milan" yulduzlarining kechasi va bugunini yodga olamiz. 

Dida


Kecha: "Milan"da 2000-2010 yillar o'ynagan. Jamoa safida 206ta o'yin o'tkazgan. 
Bugun: "Milan" futbol maktabida yosh darvozabonlarni shug'ullantiryapti.
 

Paolo Maldini


Kecha: Faoliyatini to'liq "Milan"da o'tkazgan (1984-2009). Jamoa sardori, klub afsonasi. 647da o'yinda maydonga tushib, 30ta gol urgan.  
Bugun: Maldini yaqinda koronavirusdan tuzaldi. U hozirda "Milan" klubi bosh menejeri sifatida faoliyat olib boryapti.
 

Massimo Ambrozini


Kecha: "Milan"da 1995-2013 yillar o'ynagan. 344ta uchrashuvda maydonga tushib, 29ta gol urgan. 
Bugun: Ambrozini "Sky Sports" sharhlovchisi sifatida ishlab kelyapti.
 

Kafu


Kecha: 2003-2008 yillar "Milan"da o'ynagan. 119ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan.  
Bugun: Braziliya matbuotida futbol eksperti. 


Alessandro Kostakurta

Kecha: 1986-2007 yillar "Milan"da o'ynagan. 458 o'yin o'tkazib, 3ta gol urgan. 
Bugun: Italiya Milliya olimpiya qo'mitasida ish olib bormoqda.
 
Jennaro Gattuzo


Kecha: 1999-2012 yillar "Milan"da o'ynagan. 335ta uchrashuvda maydonga tushib, 9ta gol urgan. 
Bugun: "Napoli" klubi bosh murabbiyi.


Filippo Inzagi


Kecha: 2001-2012 yillar "Milan"da o'ynagan. 202ta uchrashuv o'tkazib, 73ta gol urgan.
Bugun: B seriya vakili "Benevento" klubi bosh murabbiyi.
 
Kaka

Kecha: 2003-2009 hamda 2013-2014 yillar "Milan"da o'ynagan. Jami 223 uchrashuvda ishtirok etib, 77ta gol urgan. 
Bugun: 2017 yilda faoliyatini tugatgan Kaka hozirda FIFA elchisi sifatida faoliyat olib boryapti.
 
Kaxa Kaladze


Kecha: 2001-2010 yillar "Milan"da o'ynagan. Jamoa safida 194 o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan. 
Bugun: Tbilisi shahar hokimi.
 
Alessandro Nesta


Kecha: 2002-2012 yillar "Milan"da o'ynagan. 224ta uchrashuvda maydonga tushib, 9ta gol urgan.  
Bugun: B seriya vakili "Frozinone" bosh murabbiyi.
 
Andrea Pirlo


Kecha: 2001-2011 yillar "Milan"da o'ynagan. 284 uchrashuvda maydonga tushib, 32ta gol urgan. 
Bugun: 2017 yil faoliyatini tugatgan Pirlo hozirda ishsiz.
 
Rui Koshta


Kecha: 2001-2006 yillar "Milan"da o'ynagan. Jamoa safida 169 uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urgan. 
Bugun: "Benfika" klubida selekcioner murabbiy.
 
Yon-Dal Tomasson


Kecha: 2002-2005 yillar "Milan"da o'ynagan. Jamoa safida 76 o'yin o'tkazib, 22ta gol urgan. 
Bugun: SHveciyaning "Malmyo" klubi bosh murabbiyi.
 
Klarens Zeedorf


Kecha: 2002-2012 yillar "Milan"da o'ynagan. Jamoa safida 300ta o'yinda maydonga tushib, 47ta gol urgan. 
Bugun: Oxirgi ish joyi Kamerun terma jamoasi bo'ldi. Hozirda ishsiz.
 
Serjino


Kecha: 1999-2008 yillar "Milan"da o'ynagan. 185 uchrashuvda ishtirok etib, 18ta gol urgan. 
Bugun: Havaskor faxriylar jamoasida futbol o'ynayapti.
 
Andrey SHevchenko


Kecha: 1999-2006 hamda 2008-2009 yillar "Milan"da o'ynagan. 208ta o'yinda maydonga tushib, 127ta gol urgan. 
Bugun: Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi.
 
Karlo Anchelotti


Kecha: 2001-2009 yillarda "Milan"ni boshqargan. 
Bugun: "Everton" klubi bosh murabbiyi.
785   
Добавить комментарий
Ваше имя: *