Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Real” futbolchisi “Barsa” nigohida

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Sezar Xelabert yozda jamoasini o‘zgaritirishi mumkin.
19 yoshli pleymeykerning hizmatlari bilan “Barselona” va “Manchester Yunayted” klublari jiddiy qiziqib qolgan. Bu haqida AS nashri ma’lum qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sezarning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi yozda o‘z yakuniga yetadi. Shu bois, futbolchi tez orada “qaymoqranglilar” safini erkin egent maqomida tark etish huquqiga ega.
Rabyo qoladimi?

Turining “Yuventus” jamoasi Adriyen Rabyoning kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.
“Tuttosport” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “ko‘hna seniora” 25 yoshli futbolchini omadsiz mavsum o‘tkazganiga qaramay jamoada olib qolishga qaror qildi.
“Yuventus” va fransiyalik yarim himoyachi o‘rtasidagi shartnoma 2023-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Rabyoning o‘zi ikkinchi imkon berilishini istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi bilan Londonning “Chelsi” va “Arsenal” klublari qiziqayotgani haqida xabarlar e’lon qilingan edi.
“Tottenhem” himoyachi olmoqchi
 
Angliyaning “Tottenhem” klubi yozda “Benfika jamoasi yarim himoyachisi Ruben Diashni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
“TaemTalk” nashri bergan xabarlarga qaraganda, himoyachining hizmatlari bilan shaxsan Joze Mourinyoning o‘zi qiziqmoqda.
Portugaliyalik murabbiyning fikricha, Nevesh yozda klubni tark etishi kutilayotgan Yan Vertongenning bosishga qodir.
“Benfika” o‘z himoyachisini 40 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Shunday bo‘lsada, “shporlar” himoyachini arzonroq narxda qo‘lga kiritishga urunib ko‘radi.
“Bavariya” va Sane seriali davom etadi
 
Myunhenning “Bavariya” klubi deyarli 6 oydan beri “Manchester Siti” hujumchisi Leroy Sanening transferini amalga oshirishga harakat qilmoqda.
“MeNews” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “FK Gollivud” Saneni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytmagan.
Shunday bo‘lsada, nemis klubi futbolchini qo‘lga kiritish uchun korona-tanaffusning yakunlanishini kutishga qaror qildi. Myunhen klubi Saneni 60-70 million yevro evaziga harid qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “shaxarliklar” germaniyalik futbolchini 100 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Godin qoladimi?

Milanning “Inter” klubi o‘z himoyachisi Diyego Godinni yozda transferga qo‘yadigan bo‘ldi.
Bu haqida “Calciomercato” nashri ma’lum qilmoqda. Manba bergan xabarlarga qaraganda, Antonio Konte klub rahbarlariga 34 yoshli himoyachining hizmatlariga ortiq ehtiyoj sezmayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, urugvaylik himoyachi bu mavsumda “A seriya”ning 16 ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z hisobiga bitta assist yozdirib qo‘ydi.

163   
Добавить комментарий
Ваше имя: *