Goal24.uz » Европа жамоалари » Ronaldu — nafaqat yaxshi futbolchi, balki tug‘ma tadbirkor (fotojamlanma)

Ronaldu — nafaqat yaxshi futbolchi, balki tug‘ma tadbirkor (fotojamlanma)

Автор: admin

Krishtianu Ronaldu — jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Portugaliyalik futbolchi sportdan tashqari bir qancha biznesga ham egalik qiladi. Bugun Krishtianuning biznes faoliyati bilan tanishtirib o‘tamiz.

Mehmonxonalar
Ronalduning Madeyra va Lissabonda "Pestanta" brendi ostidagi mehmonxonalari bor. Uchinchi otelning ochilishi koronavirus pandemiyasi tufayli ortga surildi.


Ko‘zoynaklar
Futbolchi "CR7" brendi ostida quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklar ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan.


Soch ekadigan klinikalar
Ronaldu ushbu sohaga 25 million dollar atrofida investisiya kiritgan. Ko‘p odamlar ushbu klinikalarda to‘kilgan sochlar o‘rniga yangi sochlarni ektirishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, klinikaga asosan vip-shaxslar murojaat qilishadi.


Restoranlar tarmog‘i
Ronaldu ikkita restoranlar tarmog‘i — «Tatel» va «Zela»ga asos solgan. Ushbu restoranlar dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan.


Fitness-markazlar
Krishtianu — sog‘lom turmush tarzi tarafdori hisoblanadi. Shuning uchun u fitness-markazlar tarmog‘ini ochgan. Ulardan eng mashhuri Madrid markazida joylashgan.


Kiyimlar va moda
Ronaldu erkaklar uchun ichkiyim va bolalar uchun kiyimlar ishlar chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, u jinsi shimlar va parfyumeriyaga investisiya kiritgan.


Ijara
Ronalduning nomiga smartfonlar uchun o‘yinlar yaratilgan. Masalan, «CR7 Soccer Clash» va «CR7 Kick'n'Run». Ular hozircha daromad keltirmaydi. Ammo "Dutton" kompaniyasi Krishtianuning shaxsiy samolyotini ijaraga berish bilan shug‘ullanadi — soatiga 3000 yevro. Albatta, portugaliyalik futbolchi o‘z samolyotidan foydalanmayotgan paytda.

Manba: sports.ru

184   
Добавить комментарий
Ваше имя: *