Goal24.uz » Европа жамоалари » «Atletiko» va «Milan» «Napoli» hujumchisi uchun kurashmoqda

«Atletiko» va «Milan» «Napoli» hujumchisi uchun kurashmoqda

Автор: admin

«Napoli»ning polshalik hujumchisi Arkadiush Milik faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Football Italia.

Manbaga ko‘ra, Madridning «Atletiko» klubi 26 yoshli hujumchi uchun kurashga qo‘shilgan. Shuningdek, Milikka «Milan» va «Shalke-04» klublari da’vogarlik qilishmoqda.
Nashrning qayd etishicha, «Napoli» klubi polshalik forvard uchun 40 million yevro so‘ramoqda. Milikning «Napoli» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnomani uzaytirish muzokarasi to‘xtab qolgan.
Ma’lumot uchun, Milik ushbu mavsumda «Napoli» safida A Seriyada 16 o‘yinda 9ta golga mualliflik qilgan.
90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *