Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Ronaldu qolishi kerakmi? Yoki ketishi?

Ronaldu qolishi kerakmi? Yoki ketishi?

Автор: admin

Ronalduda “Yuventus”ni tark etish uchun sabab bor. Shu bilan birgalikda qolish uchun ham asoslar yetarli. Vaziyat 50/50 bo‘lib turibdi. Ikki xolda ham futbolchi va “Yuventus” uchun foyda va zararlar mavjud.
Ketish kerak! “Yuventus” moliyaviy foyda ko‘radi
Futbol uchrashuvlarining to‘xtatilishi nafaqat “Yuventus”ga, balki barcha klublarga moliyaviy zarba bo‘ldi. Koronavirus sababli futbolchilarning transfermerketdagi narxi ham pasayishni boshladi. To‘g‘ri, Ronaldu zamonaviy futbol olamining qiroli, u chinakam brendga aylanib bo‘lgan futbolchi. Shunday bo‘lsada, Krishni “Yuventus” yozda katta summaga sotish orqali o‘z byudjetini tiklab olishi va uning maoshini tejash orqali katta foyda ko‘rishi mumkin. Agar uni Turinda yana bir yil olib qolishsa, Ronaldu Yevropa chempionatidan so‘ng 36 yoshda bo‘ladi. Uning transfer narxi ham keskin pasayib ketishi turgan gap. Shunday ekan, imkon borida “Yuve” Ronaldudan foyda chiqarishi zarur!
Qolish kerak! Qariya va hatto befoyda bo‘lsa ham!
Qaysidir ma’noda Ronalduning transferidan naf chiqarish mumkin, biroq uni qo‘lga kiritish uchun “Yuventus” 100 million yevro sarf etganini unutmaslik lozim. Ronaldu Chempionlar ligasida zafar quchish maqsadida olib kelindi. Hozircha bu ishni uddasidan chiqqani yo‘q. Shunday bo‘lsada, unda vaziyatni o‘nglash, klubni uzoq kutilgan Yevropa taxtiga olib chiqish uchun imkon bor. Zarracha imkon bor ekan, undan voz kechish to‘g‘ri emas. Ronalduning PSJga o‘tishi borasidagi mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, Krish “Yuventus”da qolishdan faqat naf ko‘radi. Gap shundaki, uning jismoniy imkoniyatlari “Liga 1”da 40 yoshda ham ko‘tarinki mavsum o‘tkazish imkonini yaratib beradi. Shunday ekan, ketishga shoshilish kerak emas!
Ketish kerak! Ronalduni kutishmoqda!
Ronalduning PSJda kechroq bo‘lsada to‘p surishi mumkinligi haqida so‘zlab o‘tdik. Shunday bo‘lsada, uni o‘z safida ko‘rishni istayotgan “Real Madrid” va “Manchester Yunayted” jamoalarining taklifi yana qachon bo‘ladi? Portugaliyalik futbolchi Italiyaga ko‘chib o‘tgan bo‘lsada, uning qalbi baribir Madridda qolganini barcha anglab turibdi. Boz ustiga, FlorentinoPeres uni ortga qaytarish uchun urinib ko‘rishga va’da ham berishga ulgurdi. Agar Krish yana o‘z darajasiga chiqishni va o‘z darajasiga chiqishni istasa Madridga qaytishi talab etiladi. Buning uchun esa hozir ayni payti!
Qolish kerak! Or-nomus ishi!
Agarda Ronalduni “Yuventus” o‘z jamoasida saqlab qolmasa, katta talafot ko‘rishi aniq. Birinchi navbatda Krish darajasidagi Mbappe, Messi, Neymar, Saloh hech bo‘lmasa Maneni qo‘lga kiritish “oq-qora”larning qo‘lidan kelmasligi aniq. Anyelli buni yaxshi anglab turibdi. Homiylik shartnomalari, futbolka savdosi va turli qo‘shimcha bonuslar sababli “Yuventus” Ronalduning ketishidan katta zarar ko‘rishi aniq. Bundan tashqari, kelajak avlod “Yuventus”dek buyuk klub qandaydir 50-60 million yevro sababli Ronalduni jamoada uzoqroq olib qolmagani uchun rahbarlardan yozg‘irinishini ham unutmaslik lozim!
Ketish kerak! “Oltin to‘p” uchun kurash
Ronalduni qo‘lga kiritgan klub katta foyda ko‘rishi aniq. Gap moliyaviy daromad haqida ketmayapti. Misol uchun Krish “Real” safida 10-mavsumini o‘tkazadigan bo‘lsa, bu stadionlarga yana muxlislarning qaytishiga turtki bo‘ladi. Bugungi kunda Krishga dunyoning barcha mintaqasida katta qiziqish mavjud. Aynan shu qiziqish sababli uni qo‘lga kiritishni istagan klublar son mingta! Qahramonimiz kelasi mavsumni Xoland yoki Mbappe bilan birgalikda “Real Madrid”da o‘tkazishi, “Barselona”ni mag‘lub etish orqali “oltin to‘p”lar bo‘yicha hisob-kitobni tenglashtirib olishi mumkin. Qaysidir ma’noda Turinni tark etish Krish uchun ham naf keltirishi turgan gap.
Qolish kerak! Yetakchi futbolchi Turinda asqotadi
Ronalduda g‘oliblik ruhi va ulkan tajriba mavjud. Aynan shu xislatlar bugungi kunda Turinda u qadar qadrlanmayotgan bo‘lishi mumkin, biroq bu ustunliklar “Yuventus” uchun hal qiluvchi uchrashuvlarda yordam berishiga shubhamiz yo‘q. Ronaldu tug‘ma yetakchi va chinakam g‘alaba timsoli. O‘z vaqtida Buffon ham, Dibala ham,hatto Pirlo ham Ronaldu singari yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lmagan. Agar Ronaldu jamoani tark etsa,kim klubda yetakchilikni bo‘yniga oladi? Pyanich deysizmi? Kulguli,to‘g‘rimi?!
Ketish kerak! Usiz jamoa hujumida yengillik
Tan olish lozim, futbolda qarama-qarshi fikrlar to‘qnashuvi doimo bo‘lgan va bo‘lib keladi. Krish hujum chizig‘ida “Yuve”ga yordam beryaptimi yoki uni xalaqit? Jamoa unga o‘ynamoqda. Bu esa, Krishning xatosi tufayli ko‘plab hujumlarning barbod bo‘lishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, “Lion” bilan uchrashuvda shu omil ko‘zga yaqqol tashlanib qoldi. “Yuve” Ronaldudan maksimum foyda chiqarishi uchun kuchli vingerlar talab etiladi. Saloh yoki Xolandsiz Krishning jamoada bo‘lishidan naf juda va juda kam.
Qolish kerak! Yevro yaqin
Ronaldu Turinda o‘zini baxtli his etmayotgan bo‘lishi mumkin, biroq uning faoliyatidagi eng katta musobaqalarning so‘nggisi tobora yaqinlashib kelmoqda. Krish Turin ob-havosidan, jamoadoshlaridan, sharoitlardan rozi. Uni barchasi hozircha qanoatlantirmoqda. Boz ustiga, “Yuve”ning ichki muhiti ham havas qilsa arzigulik darajada. Muxlislar Ronalduni boshida ko‘tarib yurganini ham inobatga olsak, bunday sharoit uning yangi klubida bo‘lishi yoki bo‘lmasligi katta savol ostida qolmoqda. Yevropa chemponati o‘tkaziladigan mavsumni begona klubda begona iqlimda boshlash Ronalduning kerakli formaga kirib olishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shunday ekan, tavakkal qilishga shoshilmaslik lozim.
161   
Добавить комментарий
Ваше имя: *