Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Xames qaysi klubga o‘tishni tanladi

Xames qaysi klubga o‘tishni tanladi

Автор: admin

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Xames Rodriges yangi mavsumda boshqa klubga o‘tishi oydinlashgan.
Kolumbiyalik 27 yoshli futbolchi Madrid klubida asosiy tarkibga kira olmagach, Zidan uning boshqa jamoa izlashiga rozi bo‘ldi. «Sky Sports» xabariga ko‘ra, Xames «Real»dagi sobiq bosh murabbiyi, hozirda «Everton» klubini boshqarayotgan Karlo Anchelotti bilan gaplashgan va keyingi mavsumda «Everton» safiga o‘tishga qaror qilgan. Futbolchi va murabbiy o‘rtasidagi yaxshi munosabat saqlanib qolingan. Italiyalik mutaxassis kolumbiyalik futbolchini asosiy tarkibda o‘ynatmoqchi. Xames transfer oynasida Madrid va Liverpul klublarining o‘zaro kelishuvga kelishlarini istamoqda.
Ma’lumot uchun, Xamesga «Yuventus» va «Manchester Yunayted» klublari ham qiziqish bildirayotgan edi.


120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *