Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Sardor Ozmunga A Seriya va APL klublari qiziqmoqda

Sardor Ozmunga A Seriya va APL klublari qiziqmoqda

Автор: admin

Rossiyaning «Zenit» klubi hujumchisi Sardor Ozmun Yevropaning bir qator klublari e’tiboriga tushdi. Bu haqda Area Napoli xabar bermoqda.
Jumladan, «Napoli» klubi o‘z hujumchisi Arkadiush Milik bilan xayrlashsa, yangi mavsum oldidan eronlik 25 yoshli hujumchining transferi borasida ish boshlaydi. Neapolliklar Ozmunni 15 million yevro evaziga qo‘lga kiritmoqchi, Sankt-Peterburg klubi esa forvardi uchun 35 million yevro narx belgilagan. 
Manbaning yozishicha, Ozmunga shuningdek Angliya Premer-ligasida 3-o‘rinda borayotgan «Lester» hamda «Vest Hem» va «Everton» klublari ham qiziqish bildirgan. 
Ma’lumot uchun, Sardor ushbu mavsumda «Zenit» safida 21 o‘yinda 10ta gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *