Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Xamesning agenti APL grandi bilan muzokara boshladi

Xamesning agenti APL grandi bilan muzokara boshladi

Автор: admin

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Xames Rodriges yozda jamoani tark etishi oydinlashgan, deya yozmoqda Sport.es.
Manbaning yozishicha, Madrid klubining roziligi bilan Xamesning agenti Jorje Mendesh «Manchester Yunayted» bilan muzokaraga kirishgan. Madrid klubi kolumbiyalik futbolchiga da’vogar klublar orasidan aynan «MYU» klubi futbolchi uchun belgilangan narxni bera olishiga ishonmoqda.
«Real» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilda yakunlanadigan 28 yoshli futbolchi uchun ispan klubi 40 million yevro olishni istamoqda. «MYU» bilan muzokara ijobiy yakunlanmasa, Xamesning agenti «Everton» bilan muzokaraga kirishadi.
Oldinroq, futbolchining shaxsan o‘zi Karlo Anchelotti bilan gaplashgani va yozda aynan uning boshqaruvidagi «Everton» klubiga o‘tmoqchi ekanligi haqida yozilgandi.


113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *