Goal24.uz » Video lavhalar » Van Persining parvozi, Xames Rodrigesning shedevrlari bilan esda qolgan JCh—2014 dagi eng chiroyli 10 ta gol (video)

Van Persining parvozi, Xames Rodrigesning shedevrlari bilan esda qolgan JCh—2014 dagi eng chiroyli 10 ta gol (video)

Автор: admin

10-o‘rin. Jerdan Shakiri, guruh bosqichi | Gonduras—Shveysariya 0:3

Shakirining benefesiga aylangan bahs. Uchrashuvda Jerdan het-trik qayd etgan holda jamoasining autsayder ustidan yirik g‘alabasini ta’minlaydi. Uning birinchi goli esa chiroyli chiqdi: o‘ng qanotdan markaz tomon yurgan Shakiri chamasi 20 metr masofadan darvozaning to‘qqizlik burchagini aniq nishonga oldi.

[Media=https://t.me/gol_video]

9-o‘rin. Lionel Messi, guruh bosqichi | Nigeriya—Argentina 2:3

Argentina qiyin kechgan bahsda g‘alabani o‘z foydasiga hal qiladi. Messi esa jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etgan holda, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shadi. Messining dubli va Markos Roxonning aniq zarbasi argentinaliklarga uch ochko taqdim etadi. Qizig‘i oradan to‘rt yil o‘tib JCh—2018 musobaqasida Messi yana bir bor Nigeriya darvozasiga chiroyli gol uradi. Shuningdek, Roxoning so‘nggi daqiqalardagi goli Argentinaga g‘alaba keltiradi.

[media=https://t.me/gol_video]

8-o‘rin. Lionel Messi, guruh bosqichi | Argentina—Bosniya va Gertsegovina 2:1

Kuchli o‘nlikdan Messining yana bir goli o‘rin oldi. 3-daqiqada Sead Koloshinatsning avtogolidan keyin oldinga o‘tib olgan Argentina 65-daqiqada Leoning ushbu golidan keyin hisobni mustahkamlaydi. Ta’kidlash joiz, Argentina guruh bosqichidagi barcha o‘yinni bir to‘p farqi bilan o‘z foydasiga hal qilgandi. Eronga qarshi bahsda argentinalik dahoning 91-daqiqada urgan goli Karlush Keyrush shogirdlarining 90 daqiqalik mehnatini bir pul qilgandi.

[media=https://t.me/gol_video]

7-o‘rin. David Vilya, guruh bosqichi | Avstraliya—Ispaniya 0:3

Mazkur jamoalar 3-turda to‘qnash kelgan va bunga qadar amaldagi Jahon Chempionlari ikki bor mag‘lubiyatga uchragan holda pley-off yo‘llanmasidan mahrum bo‘lgandi. Ispanlar bor alamini shu o‘yindan olgan va Vilya Xuanfranning uzatmasiga zargarona zarba bergan holda hisobni ochgandi.

[media=https://t.me/gol_video]

6-o‘rin. Tim Kehill, guruh bosqichi | Avstraliya—Niderlandiya 2:3

20-daqiqada gol o‘tkazib yuborgan “kengurular” bunga bir daqiqa o‘tar-o‘tmas javob qaytaradi. Tim niderlandlarga Marko van Basten uslubida gol urish qanday bo‘lishi borasida “master klass” o‘tab bergandi. Keyinchalik ikkinchi to‘pni kiritgan OFK vakillari g‘alabani ushlab qola olmaydi va guruhda qolib ketadi.

[media=https://t.me/gol_video]

5-o‘rin. David Luiz, 1/4 final | Braziliya—Kolumbiya 2:1

David Luiz o‘zining betakror kuchli zarbasi bilan jarima to‘pini golga aylantiradi va JCh—2018 sensatsiyasi bo‘lgan Kolumbiya ertagiga yakun yasaydi. Keyinchalik Xames Rodriges hisob qisqartirishga erishadi, biroq musobaqa mezbonlari g‘alabani qo‘ldan chiqarmaydi va Germaniyaga qarshi bahs sari yo‘l oladi. Keyin nimalar bo‘lganini o‘zingiz yaxshi bilasiz...

[media=https://t.me/gol_video]

4-o‘rin. Mario Gyotse, final | Germaniya—Argentina 1:0

Final uchrashuvining qo‘shimcha bo‘limlarida zaxiradan maydonga qo‘shilgan Mario Gyotse musobaqaning so‘nggi golini chiroyli tarzda kiritib, “nemis mashinasi”ga chempionlikni olib keladi.

[media=https://t.me/gol_video]

3-o‘rin. Xames Rodriges, guruh bosqichi | Yaponiya—Kolumbiya 1:4

JCh—2014 musobaqasining chinakam kashfiyotiga aylangan Xames Rodriges Yaponiyaga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqasida shunday golga muallif bo‘ladi. Undan avval Xames jamoasining ikkita goliga assistentlik qiladi.

[media=https://t.me/gol_video]

2-o‘rin. Robin van Persi, guruh bosqichi | Ispaniya—Niderlandiya 1:5

Bu golni eslab qolmagan muxlis bo‘lmasa kerak. “Uchar golland”dan haqiqiy parvoz va dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri dog‘da qoldiriladi. Musobaqaning 1-turidan o‘rin olgan bahsda Ispaniya dastlab oldinga o‘tib oladi. Biroq birinchi bo‘lim yakunida ushbu golni qabul qilib olgan olgan “qizil Furiya” shu bilan o‘ziga kela olmaydi va ikkinchi bo‘limda o‘z darvozasidan yana to‘rtta to‘p olib chiqadi.

[media=https://t.me/gol_video]

1-o‘rin. Xames Rodriges, 1/8 final | Kolumbiya—Urugvay 2:0

Xamesdan yana bir shedevr! Kolumbiya yetakchisi mazkur o‘yin taqdirini ham o‘zi hal qilgan holda terma jamoasining tarixiy natijasiga hissa qo‘shgandi. Xamesning bu o‘yindagi dastlabki goli esa musobaqaning eng chiroyli goli deb tan olingandi.

[media=https://t.me/gol_video]
191   
Добавить комментарий
Ваше имя: *