Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » «Bavariya» Kingsli Komanni jarimaga tortadi

«Bavariya» Kingsli Komanni jarimaga tortadi

Автор: admin

«Bavariya»ning fransiyalik yarimhimoyachisi Kingsli Koman klubning Audi bilan homiylik kelishuvini buzgani uchun jarimaga tortiladi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, futbolchi jamoa mashg‘ulotiga klub homiysi sanalmish Audi sovg‘a qilgan avtomobilda emas, McLaren avtomashinasida kelgan.
«Bavariya» yanvar oyida Audi konserni bilan hamkorlik kelishuvini 2029 yilgacha uzaytirgan edi. Unga ko‘ra Myunxen klubi homiydan 500 mln. yevro olishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, «Bavariya» va Audi o‘rtasidagi hamkorlik 17 yildan buyon davom etib kelmoqda.


80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *