Goal24.uz » Европа жамоалари » Eronlik hujumchi uchun Madrid va London klubi kurash olib bormoqda

Eronlik hujumchi uchun Madrid va London klubi kurash olib bormoqda

Автор: admin

Eron milliy jamoasi hamda Rossiyaning «Zenit» klubi hujumchisi Sardor Ozmun yangi mavsumni Yevropaning yetakchi chempionatlaridan birida boshlashi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, Sankt-Peterburg klubining 25 yoshli forvardi uchun Madridning «Atletiko», Londonning «Vest Hem» va Italiyaning «Napoli» klublari kurash olib bormoqda. «Zenit» klubi eronlik hujumchisini 35 million yevroga baholayotgan bo‘lsa-da, hozirgi sharoitda 25 million yevroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Sardor Ozmun Eron milliy jamoasi safida jami 50 o‘yinda 32ta gol, «Zenit» safida esa 45 o‘yinda 26ta golga mualliflik qilgan.


81   
Добавить комментарий
Ваше имя: *