Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Real» Xamesni ingliz klubiga sotishga tayyor

«Real» Xamesni ingliz klubiga sotishga tayyor

Автор: admin

Angliyaning «Everton» klubi «Real» yarimhimoyachisi Xames Rodrigesni sotib olish uchun asosiy da’vogar bo‘lib.turibdi, deb xabar beradi El Desmarque.
28 yoshli futbolchi mavsumning birinchi yarmida «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan va prezidenti Florentino Peresni o‘z o‘yini bilan hayron qoldira olmadi. Shuning uchun «qirollik klubi» shartnomasi 2021 yilda tugaydigan kolumbiyalik yarimhimoyachini 42 mln yevroga sotish variantini ko‘rib chiqmoqda. 
Eslatib o‘tamiz, «Everton»ni boshqarayotgan Karlo Anchelotti Xames bilan «Bavariya» va «Real»da birga ishlagan. 
Angliya klubi allaqachon yarimhimoyachining agenti Jorje Mendesh bilan muzokaralarga kirishgan.
Bu mavsumda Xames «qaymoqranglilar» safida 7ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan.


185   
Добавить комментарий
Ваше имя: *