Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » 5 yashar muxlis direktorga: "Shu futbolchini soting. Bor pulimni beraman"

5 yashar muxlis direktorga: "Shu futbolchini soting. Bor pulimni beraman"

Автор: admin

"Lids"ning 5 yoshli muxlisi Deniel Oton "Brayton" bosh direktori Pol Barberga xat yozdi.

Bola "Brayton"dan ijaraga olingan "Lids"da o‘ynaydigan himoyachi Ben Uaytni sotib olish uchun cho‘ntagidagi barcha pullarini taklif qildi.
"Qadrli Pol, men 5 yoshdaman va "Lids" muxlisiman. Sizlarga hozirgi kunda klubimizda ijara asosida to‘p surayotgan futbolchingiz haqida yozyapman.

Bu futbolchi men eng yaxshi ko‘rgan Ben Uayt. Iloji bo‘lsa, mavsum oxirida Benni sotib olsak bo‘ladimi? Iltimos, iltimos, iltimos.

Men barcha tangalarni sanab chiqdim va bu yordam berishi mumkin bo‘lsa, 15 funt 7 pensim bor".

Pol Barber esa bolaga javob yozdi.

"Hurmatli Deniel, sevimli klubingizga bizning futbolchimiz Ben Uaytni sotib olishga yordam beradigan saxovatli taklifingiz bilan xatingiz uchun rahmat. Siz yosh iste’dodlarni yaxshi bilasiz, ehtimol, kelajakda skaut bo‘larsiz!

Biz taklifingizni jiddiy qabul qildik, lekin murabbiyimiz Graxam Potter va texnik direktorimiz Benni kelgusi rejalarimizning ajralmas qismi sifatida ko‘rishlarini bilaman. Shuning uchun endi Benni "Lids" ga sotolmaymiz, deb qo‘rqaman.

Ammo xat uchun yana bir bor rahmat, Deniel. Sizga, oilangizga va "Lids"dagi barchaga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz".
Manba: soccer.ru

116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *