Goal24.uz » Ўзбекистон » Server Jeparov MTJ ramziy jamoasiga kutilmagan futbolchini kiritdi

Server Jeparov MTJ ramziy jamoasiga kutilmagan futbolchini kiritdi

Автор: admin

O‘FA matbuot xizmati O‘zbekiston milliy jamoasi safida o‘yinlari soni bo‘yicha rekordchi sanalgan Server Jeparov tomonidan tuzilgan ramziy jamoani e’lon qildi.
E’tiborlisi, Server Jeparov O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida turli yillarda o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy jamoaga futbolimiz afsonalari, hozirgi yetakchilari bilan bir qatorda kutilmagan futbolchilarni ham kiritgan.
Jumladan, O‘zbekiston milliy jamoasi safida hozirgacha bor yo‘g‘i ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi – 2018 yilda o‘tkazilgan Urugvay – O‘zbekiston (3:0) va Eron – O‘zbekiston (1:0) bahslarida zaxiradan maydonga tushib, jami 47 daqiqa to‘p surgan Jasur Yaxshiboyevni ham kiritgan. Hozirda Belarus chempionatida to‘p surayotgan 22 yoshli yarimhimoyachi bosh jamoamizda boshqa o‘ynamagan.
Shuningdek, Server Jeparovning ramziy jamoasidan sobiq Ittifoq davrida o‘zbek futboli namoyandalaridan biri bo‘lgan «Paxtakor» marhum futbolchisi Mixail An ham o‘rin olgan.
Server Jeparov ramziy jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Yuriy Sheykin (marhum)
Himoyachilar: Islom Inomov, Andrey Fyodorov, Farhod Magometov, Vitaliy Denisov
Yarimhimoyachilar: Odil Ahmedov, Temur Kapadze, Mirjalol Qosimov
Hujumchilar: Jasur Yaxshiboyev, Mixail An (marhum), Eldor Shomurodov.
Bosh murabbiy: Bob Robert Hafton (Angliya).



136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *