Goal24.uz » Жаҳон » Transfermarket. Bu yil eng arzonlab ketgan futbolchi kim?

Transfermarket. Bu yil eng arzonlab ketgan futbolchi kim?

Автор: admin

Taniqli tranfermarket portali yaqindagina futbolchilarning transfer narxlarini yangiliganidan xabaringiz bor. So‘nggi yangilanishdan so‘ng, yil davmida eng arzonlab ketgan futbolchilar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.
Nabil Fekir

O‘tgan mavsum Fekir uchu har jabhada omadli keldi. «Lion»ning sarodori sifatida bir necha yil to‘p surgan qahramonimiz 2018-yilda JCHda g‘olib chiqishga ham muvaffaq bo‘lgani hech kimga sir emas. Bir necha yillik ishonchli o‘yindan so‘ng «Liverul» jamoasi uni o‘z safiga qo‘shib olish ishlarini boshlab yuboradi. Afsuski, Fekirning sog‘lig‘idagi muammolar sababli ushbu transfer amalga oshmay qoldi. Transfer oynasining so‘nggi kunida esa, Fekir kutilmaganda Ispaniyaning «Betis» jamoasida ko‘rinish berdi. To‘g‘ri, Fekir «La Liga»da yo‘qolib qolmadi, biroq xalqaro musobaqalardagi ishtiroksiz futbolchi sekin-asta kuchli klublar radaridan yo‘qolib qolishni boshladi. Transfermarket nashri yangilangan narxlarga ko‘ra, futbolchi 42 foizga arzonlab ketdi. Ayni damda uni qo‘lga kiritishni istagan jamoalar 70 million emas, 40 million yevro to‘lashlari kifoya qiladi.
Mark Asensio va Garet Beyl

Yil boshida 80 million yevroga baholannayotgan Mark Asensioning transfer qiymati birdaniga tushib ketishi tabiiy xol. Ispaniyalik futbolchi 5 oydan beri jarohati sababli katta futboldan chetda qolmoqda. Mavsum oldi yig‘inlar chog‘ida ortirib olingan jiddiy jarohat Asensioning transfer qiymatini 50 foizga arzonlatib yubordi. Ayni damda yarim himoyachini qo‘lga kiritishni istagan jamoa 40 million yevrodan voz kechishi talab etiladi. Shunday bo‘lsada, Asensio endigina 23 yoshda ekanligini unutmaslik lozim. Unda barchasini o‘nglash uchun yetarlicha vaqt mavjud. Uning 40 millionga arzonlab ketgan boshqa bir jamoadoshi haqida bunday deb bo‘lmaydi. Sezganingizdek, so‘z Garet Beyl haqida bormoqda. Uelslik futbolchi ham yil boshida 80 millionga baholangan bo‘lsa, endilikda 50 foizga arzonlab ketdi. Uning transfer qiymatidagi keskin pasayishni mantiqan to‘g‘ri desa bo‘ladi. Beyl so‘nggi 13 ta o‘yinda atigi 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi xolos. Ortda qolgan yilning katta qisimini jarohatlar sababli o‘tkazib yuborgan Beyl yozda sal qolsa Xitoyga o‘tib ketishi ham mumkin edi. Aynan shu faktorning o‘zi bir paytlar dunyoning eng qimmat futbolchisining kariyerasidagi keskin pasayish kuzatilganiga ishora bo‘lsa, ajab emas.
Serhio Buskets

Ispaniyalik afsona «Barselona»ning asosiy futbolchisi bo‘lishiga qaramay, transfer qiymati keskin pasayib ketgan futbolchilar qatoridan joy oldi. Yil boshida 75 million yevroga baholangan futbolchining ayni damda qiymati 35 milliondanga teng. Bu 53 foiz ko‘rsatgich degani. Bunday pasayishga asosiy sabab deya futbolchining Yoshi ko‘rsatilmoqda. Ushbu mavsumda qahramonimiz 19 ta uchrashuvda maydonga tushgdi va 4 ta assistni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, mavsum boshida jamoani sardor sifatida maydonga olib tushganini ham unutmaslik lozim. 31 yoshni qarshilagan Buskets qanchalar ishonchli o‘yin namoyish etmasin, uning transfer qiymati endi ko‘tarilmasa kerak.
Marselo

Madridning «Real» jamoasi qanoy himoyachisi yil boshida 70 millionga baholangan bo‘lsa, bugungi kunga kelib uning qiymati 20 millionga teng bo‘lib qoldi. Qandaydir 12 oy ichida Marselo 71,2 foizga arzonlab ketgani e’tiborga molik. Marseloning «qirollik klubi» uchun qilgan ishlarini hurmat qilgan xolda shuni aytish mumkinki, braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda jamoa o‘yinidan tushib qoldi. Bu mavsumda Zidan qanchalar urunmasin qanot himoyachisini avvalgi darajasiga olib chiqa olmadi. Afsuski, transfer narxidagi keskin pasayish borasida hech kim Marselo bilan tenglasha olmaydi.
Filipo Koutinyo

Braziliyalik futbolchining transfer qiymati 50 foizga arzonlagani ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa ajab emas. Yil boshida 140 millionga baholangan futbolchining transfer qiymati 70 millionga tushib ketdi. Bir qarashda Koutinyo uchun bu mavsum chakki o‘tmadi. Braziliya bilan «Kopa Amerika»dagi g‘alaba va «Bavariya» tarkibidagi ishonchli o‘yinlar ham yarim himoyachining narxini ushlab qola olmadi. Afsuski, uning «Barselona»da ishonchni oqlay olmagani futbolchining narxiga ta’sir o‘tkazgan ko‘rinadi. Aynan Katoloniya klubidagi omadsiz ishtirokidan so‘ng, Koutinyo yana top darajaga chiqishi talab etiladi. Buning uchun esa, kamida 2 ta kuchli mavsumni o‘tkazishi talab etiladi.

347   
Добавить комментарий
Ваше имя: *