Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » «Inter» «Chelsi» himoyachisi uchun 33 mln yevro taklif qilishga tayyor

«Inter» «Chelsi» himoyachisi uchun 33 mln yevro taklif qilishga tayyor

Автор: admin

«Inter» «Chelsi»ning chap qanot himoyachisi Emersonni sotib olishi mumkin, deb xabar beradi The Independent.
Milan klubi futbolchi uchun 33 mln yevro taklif qilishga tayyor. Agar Emerson yanvarda «Inter»ga o‘tsa, «Chelsi» uning o‘rniga boshqa futbolchini sotib oladi. 
APLning 20-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi o‘yinda (2:1) «ko‘klar» bosh murabbiyi Frenk Lempard italiyalik himoyachini bahsning 34-daqiqasidayoq zaxiraga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchiga nisbatan ishonch yo‘qolgan.
«Inter»dan tashqari Emersonga «Yuventus» ham qiziqmoqda. Ammo himoyachi «Chelsi»dan ketsa, Milan klubiga o‘tish ehtimoli ko‘proq.
Lempard chap qanot himoyasida «Lester» a’zosi Ben Chiluellni ko‘rishni xohlamoqda. Ammo «tulkilar» qishda asosiy o‘yinchilarini sotish niyatida emas.


125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *