Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Arsenal”ga Mari kerakmi?!
 
Londonning “Arsenal” jamoasi “Flamengo” klubidan ijaraga olingan himoyachi Marining kelajagi borasida qaror qabul qildi.
“The Athletic” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “kononirlar” 26 yoshli futbolchining transfer huquqini to‘liq qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, Mikel Arteta chapaqay markaziy himoyachiga ehtiyoj sezgani sababli klub himoyachini olib qolishga qaror qildi.
“Liverpul” Kariusdan qutulmoqchi
 
Angliyaning “Liverpul” jamoasi darvozaboni Lorius Karius yozda APL jamoalaridan biriga o‘tishi mumkin.
Ayni damda, “Beshiktosh” jamoasida ijara asosida to‘p surayotgan futbolchi tezroq Turkiyadani tark etishni istamoqda.
Turikiyaning “fanatik” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “qizillar” allaqachon “Vulverhempton” jamoasi bilan darvozabonning kelajagi borasida kelishuvga erish bo‘lgan.
Ibrahimovich o‘z uslubida
 
Zlatan Ibrahimovich “Milan” bilan shartnomani bekor qilishi mumkin.
LGDS nashri bergan xabarlarga qaraganda, 38 yoshli futbolchi koronavirus sababli Italiyada vaziyat og‘irlashgani sababli “Milan”ni tark etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda futbolchi Shvetsiyaning “Xammerbryu” jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
“Inter”ga Brozovich kerakmi?
 
Milanning “Inter” klubi Marselo Brozovichni jamoada olib qolishni istamoqda.
Italiya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, xorvatiyalik futbolchi uchun klub 60 million yevro tavon pulini ko‘tarib qo‘yishi mumkin.
“Tuttosport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “ko‘k-qora”lar 26 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Unga ko‘ra, Brozovichning maoshini ko‘tariladi.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, “Barselona”. “Liverpul” va “Real Madrid” klublari yarim himoyachini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda.
PSJ Mbappeni olib qolmoqchi
 
Fransiyaning PSJ jamoasi Killian Mbappeni jamoada saqlab qolish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor.
Taniqli ASnashri bergan xabarlarga qaraganda, Parij klubi kelasi mavsumda Killianni “Real Madrid”ga sotib yuborishdan ko‘ra, uni 2022-yilda erkin agent sifatida qo‘yib yuborishni avzal ko‘rmoqda.
Bundan tashqari, Parij klubi Mbappega yiliga 50 million yevro maosh ko‘rsatilgan shartnomani taklif qilish orqali uni jamoada saqlab qolishga harakat qiladi.

148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *