Goal24.uz » Ўзбекистон » Belarus Oliy ligasi. Yaxshiboyev jamoasida ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat

Belarus Oliy ligasi. Yaxshiboyev jamoasida ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat

Автор: admin

Belarus Oliy ligasi 6-turi doirasida «Energetik-BGU» klubi safarda «Neman» klubi mehmoni bo‘ldi.
Ushbu bahsda o‘zbekistonlik legionerlardan Jasur Yaxshiboyev asosiy tarkibda maydonga tushgan bo‘lsa, Shahboz Umarov zaxiradan maydonga tushdi.
O‘yinning dastlabki bo‘limida hisob ochilmadi, ammo ikkinchi bo‘limda mezbonlar ketma-ket uchta gol urib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatdan keyin «Energentik-BGU» 9 ochko bilan turnir jadvalida hozircha 7-o‘ringa tushgan bo‘lsa, «Neman» 8 ochko bilan 8-o‘ringa chiqib oldi.
Belarus Oliy ligasi. 24 aprel
Neman – Energetik-BGU - 3:0
Gollar: Kadimyan (66), Zabelin (72), Zabelin (82).
Neman – Dudar, Vasilev, Slabashevich (Leshko, 66), Stoykovich, Kantariya, Yakimov, Legchilin, Kadimyan, Zabelin, Yaskevich (Marushich, 46), Rassadkin.
Energetik-BGU – Sadovskiy, Yudchits (Girs, 66), Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Jasur Yaxshiboyev, Tve, Musaxanyan, Atemeng (Shahboz Umarov, 59).


146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *